'Ali ibn Yahyo al-Armany () 9-asr oʻrtalarida Vizantiya imperiyasi bilan chegara urushida qatnashgan musulmon lashkarboshisi.

Ali taxminan 852-yildan 862-yilgacha Tarsus noibi vazifasida xizmat qilgan boʻlib, shu davrda vizantiyaliklarga qarshi bir necha harbiy yurishlarni boshqargan. 862-yilda oʻz vatani boʻlmish Armaniston noibi etib tayinlandi. Biroq, 863-yil kuzida Vizantiyaga qarshi jangda halok boʻldi.

Hayoti thumb|right|250px|Kichik Osiyoning janubi-sharqidagi Vizantiya—Arab chegara hududi xaritasi. Yirik qalʼalari bilan Nisbasidan maʼlumki, Ali arman millatiga mansub boʻlganCanard, Cahen & Deny (1960), p. 638: "There were Armenians, too, in the Muslim territories, serving the Caliphs, but converted to Islam, like the celebrated amir Ali al-Armani who died in 863, not long after he had been named governor of Armenia and Adharbaydjan.". 840-yilda Malik ibn Kaydarning oʻrniga Misr noibi etib tayinlanganGordon (2001), p. 207 (Note #25). Keyinchalik Abbosiylar xalifaligining Kilikiya chegaralaridagi (at-tugʻur ash-Shomiya) hududlari qoʻmondoni (voliy yoki amir) etib tayinlandi. Ali Vizantiya imperiyasiga qarshi kurashish uchun Tarsus shahrini oʻz qarorgohiga aylantirdi. Ali Abbosiylar xalifaligi markaziy hukumatining qudrati zaiflashganidan foydalanib, Tarsusda keng miqyosli mustaqil siyosat yuritgan birinchi amir hisoblanadiHild & Hellenkemper (1990), pp. 48–50 Ali kamida hijriy 238-yildan (852/53) milodiy 862-yil oktyabr/noyabr oyiga qadar ushbu lavozimda ishlaganStern (1960), p. 219. Chegara hududlari amiri boʻlgan Ali Tavr togʻlari orqali Vizantiya nazoratidagi Onadoʻliga bir nechta yozgi bosqinchilik yurishlarini (savoif) amalga oshirdi. Ali rahbarligidagi yozgi bosqinlar 852/3, 853/4, 859/60 va 860/1-yillarda qayd etilgan boʻlib, 856-yildagi asirlar almashinuvida ham ishtirok etganStern (1960), p. 219 (note 12)Hild & Hellenkemper (1990), p. 50.

862-yilning kuz oylarida Ali Armaniston va Ozarbayjon noibi etib tayinlandiSaliba (1985), p. 7. Keyingi yil kuzida esa, 400 nafar askari bilan birga Vizantiya qoʻshinlariga qarshi jangda halok boʻldiSaliba (1985), pp. 9–10. Sentyabr oyida Lalakaon jangida Malatya amiri Umar al-Aqtaning halok boʻlishidan keyin kelgan Alining vafoti haqidagi xabar Bagʻdod, Samarra va boshqa shaharlarda hukumatning ojizligidan gʻazablangan aholi orasida tartibsizliklar keltirib chiqardi. Bu voqealar bir-birining izidan sodir boʻldiSaliba (1985), pp. 10–11.

Alining oʻgʻli Muhammad 871/2-yildan 872/3 yoki 873/4-yilgacha Tarsus amiri boʻlgan. Al-Mas’udiyning 10-asrda yozilgan Oltin oʻtloqlar asarida (VIII.74-75) keltirilishicha, Alining shuhrati shunchalik baland ediki, oʻz jasorati uchun Vizantiya cherkovlarida suratlari namoyish etilgan „mashhur musulmonlar“ qatoriga kiritilgan edi. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:863-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Arab—Vizantiya urushlarida ishtirok etgan Abbosiylar Turkum:Tarsusning Abbosiy noiblari Turkum:Etnik arman musulmonlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Jangda oʻldirilgan oʻrta asr arablari Turkum:9-asr armanlari Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari