Qobil Muqimov (; 1934-yil 10-oktyabr – 1983-yil 7-noyabr) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, Toshkentning Spartak va Paxtakor jamoalari tarkibida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Muqimov futbolchilik faoliyatini 1953-yil Toshkentning Spartak jamoasi tarkibida boshlagan. Uch mavsum davomida Spartak klubi safida oʻynagan. 1956-yilgi mavsum avvalida yangi tashkil etilgan, Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1956-yil 8-aprelda Paxtakor jamoasi oʻzining ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Bu oʻyinda Muqimov boshlangʻich tarkibda maydonga tushgan va debyut oʻyinini oʻtkazgan. 1956-yil 28-iyunda Efiyopiya terma jamoasiga qarshi Paxtakor klubi tarkibida xalqaro oʻyinda ishtirok etgan.

1956-yilgi SSSR xalqlari yozgi spartakiadasi futbol turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Qobil Muqimovning oʻgʻli Ravshan Muqimov ham futbol sohasida faoliyat olib boradi.

Manbalar

Havolalar

Qobil Muqimov Transfermarkt saytidagi profili Qobil Muqimov

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari