Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov (1992-yil 19-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. „Neftchi“ futbol klubi bosh murabbiyi.

Biografiyasi Islombek 1992-yil 19-iyulda Margʻilonda tugʻilgan. Yoshlik davrida Paxtakor futbol maktabida taʼlim olgan.

Murabbiylik faoliyati Professional murabbiylik faoliyatini 2015-yilda Fargʻona viloyatining „Yozyovon“ klubida boshlagan. Uch mavsum davomida Yozyovon Lochinlari jamoari klubiga bosh murabbiylik qilgan. 2018-yilgi mavsumda Oltiariqning „Iftixor“ klubi va Margʻilonning „Farovon“ bolalar futbol jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

2019-yilda Yaypanning „Turon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qoʻl ostida Turon jamoasi 2019-yilda Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibligini, 2020-yilda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Turon jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi qoniqarsiz natijalaridan soʻng bosh murabbiylikdan ozod etilgan va U21 jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2021-yil noyabr oyida U21 jamoasidan ham isteʼfoga chiqarilgan.

2022-yilda 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2023 va 2024-yillar Oʻzbekiston U-15, U-16 terma jamoalariga ustozlik qilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi. 2025-yil 26-iyunda „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasining ustozi etib tayinlangan. 1-dekabr kuni „Neftchi“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shaxsiy hayoti Islombekning otasi Murod Ismoilov sobiq futbolchi va futbol murabbiyidir. Ukasi Muzaffar Muzaffarov ham futbolchi boʻlib, Bangladesh chempionatida oʻynaydi.

Yutuqlari

Murabbiy sifatida Turon Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2020 Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibi: 2019 Oʻzbekiston U17 AFC U-17 Osiyo kubogi gʻolibi: 2025 Neftchi

Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Mukofotlari 2025-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ unvonini olgan

Manbalar

Havolalar Islombek Ismoilov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Yozyovon klubi murabbiylari Turkum:Iftixor klubi murabbiylari Turkum:Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari