Qaysariya Maritima qamali – Roshidun musulmonlari hamda Vizantiya qoʻshini oʻrtasida kechgan harbiy toʻqnashuv. Musulmonlar oʻzlarining fathlari davomida Levant (Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi)ni bosib olgan. Qaysariya shahri 634-yildan boshlab musulmonlarga qarshilik koʻrsatgan, biroq oxir-oqibat 641-yilda Roshidun xalifaligi qoʻliga oʻtgan.

Tarixi Vizantiya va Fors qoʻshinlari oʻrtasidagi oxirgi dahshatli urushdan soʻng bu mintaqada yangi bir kuch paydo boʻldi. Arabiston yarim orolida yangi din vujudga keldi. Paygʻambar Muhammad arab qabilalarini birlashtirdi. Musulmonlar oʻz fathlarini boshlab, Qodisiya jangida forlsarni magʻlubiyatga uchratdi. Vizantiyaliklar esa Yarmuk jangida yengildi. Musulmonlar Levantning katta qismini zabt etdi. Qaysariya Maritima shahri musulmonlar qoʻliga oʻtgan eng soʻnggi shaharga aylandiSi Sheppard, p. 7.

Fath 634-yilning iyul oyida Roshidun xalifasi Umar musulmon sarkardasi Amr ibn al-Osga Qaysariya shahrini qamal qilishni buyurdiIlkka Syvänne. Qamal uzluksiz davom etmagan, baʼzi vaqtlarda musulmon qoʻshinlari vizantiyaliklarga qarshi boshqa ogʻir janglarga yuborilganGideon Avni, p. 316. Qamalning keyingi bosqichlarida Amrga yordam berish uchun Yazid ibn Abu Sufyon yetib kelgan. Musulmonlar qoʻshini umumiy 17,000 kishidan iborat edi. Qoʻshinning oldingi safiga Habib ibn Maslama al-Fihriy boshchilik qilgan. Musulmonlar shahar yaqiniga yetib kelganlarida Vizantiya qoʻshinining piyoda va otliq askarlari ularga oʻqlar va nayzalar bilan hujum qilib, orqaga chekinishga majbur qilgan. Musulmonlar qarorgohlariga qaytib, umumiy safarbarlik eʼlon qilgan va yana qayta vizantiyaliklarga hujum uyushtirgan. Bu esa Vizantiya askarlarining shahar ichkarisiga qaytishlariga majbur qilganIlkka Syvänne.

Ushbu jangdan soʻng musulmonlar shaharni qamal ostiga oldilar. Amr oʻzining 3,500 nafar askari bilan qamalni tark etishga qaror qildi. Buni koʻrgan vizantiyaliklar musulmonlarni harakatsiz qoldi deb oʻylab, hujum qilishga qaror qildilar. Ular jangovar saf tuzib, musulmonlarga hujum uyushtirdilar. Javob choralari koʻrilmasidan oldin musulmonlarning qarorgohlarigacha yetib bordilar. Yazid vizantiyaliklarga qarshi hujum qilib, qolgan qoʻshinlarning qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrishi uchun vaqtdan yutdi. Musulmonlarning piyoda va otliq qoʻshinlari vzantiyaliklarning hujumini qaytarib, ularning 5,000 nafar askarini yoʻq qildi, qolgan askarlar esa shahar ichkarisiga chekinishga majbur boʻldiIlkka Syvänne.

639-yilda Yazid kasallikka chalindi yoki qamalda yetarlicha ishtirok etganini hisobga olib, chetga chiqishga qaror qildi. Uning oʻrniga ukasi Muoviya ibn Abu Sufyon tayinlandi. 640-yilda Vizantiya qoʻshini tarkibida 7000 nafar askar boʻlgani aytiladiIlkka Syvänne. Oradan koʻp oʻtmay, Yazid vafot etdi. Muoviya 640-yil dekabr oyida harbiy harakatlarini boshladiSi Sheppard, p. 7-8Robert G. Hoyland, p. 49. Muoviya haharni albatta zabt etishga qatʼiy qaror qilgan edi. U 72 ta qamal qurilmasini olib kelib, shaharga kun-u tun hujum uyushtirdiIlkka SyvänneSi Sheppard, p. 8. Tarixchi Balozuriyning soʻzlariga koʻra, mahalliy yahudiylardan biri musulmonlarga yordam bergan va ularni shaharga olib kiruvchi tunnel (ehtimol, Rim davriga oid akveduk)dan olib oʻtganGideon Avni, p. 316Ilkka Syvänne. Boshqa bir manbada esa musulmonlar shahar devorlarida yashirin darvoza borligini aniqlagani haqida maʼlumot berilganGideon Avni, p. 317.

Musulmonlar shaharni muvaffaqiyatli tarzda egallab oldi. Jang uch kun davom etdiGideon Avni, p. 317, qochishga muvaffaq boʻlganlardan tashqari shahar mudofaasiga mas’ul boʻlgan 7,000 nafar askarning barchasi halok boʻldiSi Sheppard, p. 8Robert G. Hoyland, p. 49. Musulmonlar 4,000 kishini, yaʼni shahar aholisining qolgan qismini asirga oldilarIlkka Syvänne. Qamal vaqtida koʻplab nasroniy aholi allaqachon shahardan qochib ketgan ediGideon Avni, p. 317. Shahar vayron qilinmagan, biroq musulmonlar undan maʼmuriy markaz sifatida ham foydalanmaganRobert G. Hoyland, p. 49. Qaysariyaning zabt etilishi 641-yil may oyida yakunlandiRobert G. Hoyland, p. 49Si Sheppard, p. 8Ilkka Syvänne.

Manbalar

Adabiyotlar

Si Sheppard (2020), Constantinople AD 717–18, The Crucible of History. Robert G. Hoyland (2015), In God’s Path, The Arab Conquests and the Creation of an Islamic Empire. Gideon Avni (2014), The Byzantine-Islamic Transition in Palestine, An Archaeological Approach. Ilkka Syvänne (2022), Military History of Late Rome 602–641.

Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:634