Maariya (, shuningdek, Maari), boshqa nomi Umm Sharq, Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasi tarkibiga kiradi. Daraadan gʻarbda joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Maariya aholisi kishini tashkil qilgan.
2024-yil dekabridan Isroil nazorati ostida.
Tarixi Usmoniylar davri Maariya 1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida Havron qadasidagi Javlon Sharqiy nohiyasining tarkibida boʻlgani qayd etilgan. Qishloqdagi 5 ta xonadonda musulmon aholi istiqomat qilgan. Aholi bugʻdoy (450 akçe), arpa (180 akçe), yozgi ekinlar (70 akçe), echkilar va/yoki asalari uyalari (50 akçe) uchun 25% qatʼiy soliq stavkasi toʻlagan. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan keladigan daromadlarga ham 50 akçe soliq solingan. Jami 900 akçe miqdorida soliq undirilgan.
1884-yilda amerikalik arxeolog Gottlieb Schumacher Maariyani („M’arri“ deb yozgan) „aholi yashamaydigan, keng maydonli tarqoq xarobalar mavjud, biroq arxeologik qiziqish uygʻotadigan hech qanday qoldiqlar topilmagan joy“ deya taʼriflagan. Arxeolog yana shuni taʼkidladiki, mazkur joy Arqub ar-Rahvaning sharqida joylashgan boʻlib, Arqub ar-Rahva Injildagi taxminiy Argob deb hisoblangan. Ikkala joy ham bir tepalik ustida qurilgani qayd etilgan. „M’arri“ nomi yaqin atrofdagi gʻorsimon hududda, pistadoshlar oilasiga mansub daraxt tagida dafn etilgan musulmon avliyosiga tegishli boʻlgan. Mahalliy Manazira qabilasiga mansub badaviylar mazkur joy yonbagʻirlarida tamaki, don va sabzavotlar yetishtirardi.
2024-yilgi Isroil bosqini 2024-yil dekabr oyida Isroil Suriya hududiga yana bir bor bostirib kirdi. 19-dekabr kuni Isroil harbiy kuchlari Maʼariyadagi suriyalik dehqonlarga oʻz dalalariga kirishi uchun toʻsqinlik qilgani haqida xabar tarqaldi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar Kafer el Ma-map; 21K
Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari Turkum:Suriya qishloqlari