Katsiarina Anatolevna Barisevich (; 1984-yil 2-avgustda tugʻilgan) – belaruslik jurnalist. Yangiliklar sayti Tut.By muxbiri. Shuningdek, European Radio for Belarus va boshqa media tashkilotlarida ham faoliyat yuritgan. 2020-yilda Raman Bandarenkaning oʻlimi haqida xabar bergan va shu boisdan 2020-yil 19-noyabrda Minskda hibsga olingan.
Hibsga olinishi 2020-yil 24-noyabrda Amnesty International inson huquqlari tashkiloti uni Bandarenka ishi boʻyicha vijdon mahbusi deb topdi. Shu kuni oʻnta tashkilot (Viasna inson huquqlari markazi, Belarus Jurnalistlar uyushmasi, Belarus Xelsinki qoʻmitasi va boshqalar) qoʻshma bayonot berib, uni siyosiy mahbus deb tasniflashdi. Belarus Jurnalistlar uyushmasi raisi oʻrinbosari Boris Haretskining maʼlumot berishicha, rasmiylar muammo bilan emas, balki ommaviy axborot vositalari bilan kurash olib bormoqda. Uning soʻzlariga koʻra: „Agar matbuot Bandarenka haqida yozmasa, odamlar bundan xabar topmaydi, deb oʻylashadi. Albatta, ular hamma narsani bilishadi, ammo ommaviy axborot vositalari hali ham hujum ostida“.
2020-yil 10-dekabrda Katsiarina Yilning eng yaxshi jurnalisti (2020) deb topilgan.
2020-yil 16-dekabrda siyosiy mahbus ustidan homiylikni Bundestag deputati Cem Özdemir oʻz zimmasiga olgan.
2021-yil 2-mart sanasida Barisevich Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi 2020–2021-yillardagi norozilik namoyishlari paytida Raman Bandarenkaning oʻlimi haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni eʼlon qilgani uchun yarim yillik qamoq jazosiga va 100 asosiy birlik miqdorida jarimaga hukm qilingan.
Barisevichning qamoqqa olinishi va unga oʻqilgan hukm Yevropa jurnalistlar federatsiyasi, Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi va Xalqaro matbuot instituti tomonidan qoralangan.
Mukofotlari Barisevich Darya Chultsova va Katsyaryna Andreeva bilan birgalikda 2021-yil 9-aprelda BelaPAN asoschisi Aleś Lipaj nomidagi „Honour of Journalism“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2021-yil 14-iyulda Borisevich Anastasiya Mejía, Matías Guente va Aye Chan Naing bilan birgalikda CPJ „Xalqaro matbuot erkinligi“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2021-yil 12-avgustda esa Free Media mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:2-avgustda tugʻilganlar Turkum:Jurnalistlar