Aror jangi – 711-yilda Muhammad ibn al-Qosim boshchiligidagi Umaviylar qoʻshini hamda Sindhdagi Brahmanlar sulolasi hukmdori Roja Dahirning qoʻshini oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Aror (Rohri) yaqinida boʻlib oʻtgan bu jangda Muhammad ibn al-Qosimga qarshi Roja Dahirning askarlari hamda Jatlar saf tortgan, pp=201–205.. Bu jang Roja Dahirning soʻnggi harbiy toʻqnashuvi boʻlib, Umaviylar qoʻshini uni Hind daryosi yaqinida magʻlubiyatga uchratgan va Roja Dahir halok boʻlgan.
Jang Jang Hind daryosining chap qirgʻogʻida boʻlib oʻtgan. Oʻsha paytlarda bu joy Jivar, Bet va Raver deb atalgan. Debal qamal qilingandan soʻng Muhammad ibn Qosim Erondan yana 2000 nafar otliq askarlarni olib, asosiy qoʻshiniga qoʻshilgan va askarlar sonini 20 000 kishiga yetkazib, Aror tomon yoʻl olgan. Muhammadga Roja Dahirning qoʻshinlari qarshilik koʻrsatdi. Tarixchi Chach Namaning maʼlumotlariga koʻra, har ikkala tomonda askarlar soni 20 000-25 000 atrofida boʻlgan. Zamonaviy tarixchilar, jumladan, hind tarixchisi K. S. Lalning fikricha, askarlar kamida 50,000 kishini tashkil qilgan.
Muhammad ibn al-Qosim vaziyatdagi nomutanosiblikni koʻrib, oʻz qoʻshinini qulay joyga joylashtirgan va raqibning hujumini kutgan. Jang paytida olovli oʻq Dahir mingan filiga tekkan. Fil vahimaga tushib, nazoratni yoq’otgan. Dahir jang qilishda davom etgan, biroq boʻyniga oʻq tegib, halok boʻlgan. Dahirning oʻlimi va katta yoʻqotishlar tufayli uning qoʻshini tarqab ketgan va jang Umaviylarning toʻliq gʻalabasi bilan yakunlangan.
Jang oqibati Gʻalabadan keyin Muhammad ibn Qosim Roja Dahirning jasadini topib, al-Hajjojga joʻnatgan. Shundan soʻng u oʻz qoʻshinini Revar qal’asini qamal qilish uchun yuborgan. Urush paytida Raja Dahirning oʻgʻli Brahmanobodga chekingan edi, bu orada Dahirning bevasi Rani Bai Muhammad Qosim qoʻshinlariga asir tushmaslik uchun javhar marosimini amalga oshirdi, yaʼni oʻzini va boshqa ayollarni tiriklayin yoqib yuborish orqali joniga qasd qilgan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar