2018-yilgi AFC U-16 chempionati saralash bosqichi – 16 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqasi boʻlib, u 2018-yilgi AFC U-16 chempionatida ishtirok etadigan jamoalarni aniqlaydi.
Final turnirida oʻynash huquqini jami 16 ta jamoa qoʻlga kiritgan. Ularning ichida Malayziya ham bor boʻlib, u mezbon mamlakat sifatida avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan.
Qurʼa AFCga aʼzo 47 ta assotsiatsiyadan jami 45 ta jamoa musobaqada ishtirok etgan. Final turniri mezboni Malayziya ham, garchi final turniriga avtomatik ravishda yoʻllanma olgan boʻlsa-da, saralashda ishtirok etgan (saralash qur’asi paytida ular mezbon sifatida tasdiqlanmagan edi).
Qur’a tashlash marosimi 2017-yil 21-aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da (UTC+8) Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi AFC qarorgohi binosida oʻtkazilgan. 45 ta jamoa oʻnta guruhga taqsimlandi: beshta jamoadan iborat beshta guruh va toʻrtta jamoadan iborat beshta guruh. Qur’a tashlash uchun jamoalar ikki mintaqaga boʻlindi:
Gʻarb: Gʻarbiy Osiyo, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyodan 23 ta jamoa besh guruhga taqsimlandi: besh jamoadan iborat uchta guruh va toʻrt jamoadan iborat ikkita guruh (A-E guruhlari). Sharq: ASEAN va Sharqiy Osiyodan 22 ta jamoa besh guruhga taqsimlandi: besh jamoadan iborat ikkita guruh va toʻrt jamoadan iborat uchta guruh (F-J guruhlari).
Jamoalar 2016-yilgi AFC U-16 chempionati final turniri va saralash bosqichidagi natijalariga koʻra har bir zonada joylashtirildi (umumiy reyting qavs ichida koʻrsatilgan; NR reytingga ega boʻlmagan jamoalarni anglatadi). Bundan tashqari, quyidagi cheklovlar ham qoʻllanilgan:
Qur’a tortishidan oldin saralash guruhlari mezboni boʻlishga tayyor ekanligini bildirgan yettita jamoa alohida guruhlarga taqsimlangan.
1-savat2-savat3-savat4-savat5-savatSharqiy zonaGʻarbiy zona
Notes Qalin harflar bilan koʻrsatilgan jamoalar final musobaqasiga yoʻllanma olgan. (H): Saralash guruhi mezbonlari (* Xitoy Taypeyi va Myanma qur’a natijasiga koʻra guruh mezbonlari etib tanlandi, qolgan guruh uchrashuvlari neytral maydonda oʻtkaziladi). (Q): Saralash natijalaridan qatʼi nazar, avtomatik ravishda saralashdan oʻtgan yakuniy turnir mezbonlari. (W): Qur’adan keyin bekor qilingan.
+KiritilmaganSharqiy zona Gʻarbiy zonaYoʻq
Futbolchilar maqomi 2002-yil 1-yanvarda yoki undan keyin tugʻilgan oʻyinchilar turnirda qatnashish huquqiga ega.
Format Har bir guruhda jamoalar markazlashgan joyda bir-biri bilan bir marta oʻynaydi. Oʻnta guruh gʻolibi va eng yaxshi beshta ikkinchi oʻrin egalari final turniriga yoʻllanma oladi. Agar final turniri mezboni Malayziya oʻz guruhida gʻalaba qozonsa yoki eng yaxshi beshta ikkinchi oʻrin egallagan jamoalar qatoriga kirsa, oltinchi eng yaxshi ikkinchi oʻrin egasi ham final turniriga yoʻllanma oladi.
Taybrekerlar Terma jamoalar ochkolar (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq) boʻyicha reytinglanadi. Agar guruhda ikki yoki undan ortiq jamoaning ochkolar boʻyicha kuchlari teng boʻlib qolsa, unda quyidagi mezonlar boʻyicha reytinglanadi:
Guruh bosqichida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni boʻyicha; Guruh bosqichida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati boʻyicha; Guruh bosqichida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp urilgan gol soni boʻyicha; Agar ushbu mezonlar boʻyicha ham kuchlar teng kelsa, quyidagi mezonlar boʻyicha reytinglanadi; Barcha guruh oʻyinlarida erishilgan toʻplar nisbati boʻyicha; Barcha guruh oʻyinlarida eng koʻp urilgan gollar soni boʻyicha; Agar teng kuchga ega ikki terma jamoa maydonda oʻynayotgan boʻlsa, penaltilar tepishadi; Eng kam sariq yoki qizil kartochka soni (bitta sariq kartockaga 1 ochko, ketma ket ikkita sariq kartochka ortidan qizil kartochka olinsa 3 ochko, toʻgʻridan toʻgʻri qzl kartochkaga 3 ochko va sariq kartochka ketidan qizil kartochka olsa 4 ochko) boʻyicha; Qurʼa tashlash orqali.
Guruhlar Oʻyinlar 2017-yilning 16-29-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan.
+JadvalOʻyinlarA, C va F-G guruhlariB, D-E va H-J guruhlariSanalarOʻyinlarSanalarOʻyinlarB, D-E va I-J guruhlariGroup H1-tur2017-yil 16-sentyabr3 v 2, 5 v 42017-yil 20-sentyabr2017-yil 25-sentyabr1 v 4, 2 v 32-tur2017-yil 18-sentyabr4 v 1, 5 v 32017-yil 22-sentyabr2017-yil 27-sentyabr4 v 2, 3 v 13-tur2017-yil 20-sentyabr1 v 5, 2 v 42017-yil 24-sentyabr2017-yil 29-sentyabr1 v 2, 3 v 44-tur2017-yil 22-sentyabr2 v 5, 3 v 1—5-tur2017-yil 24-sentyabr4 v 3, 1 v 2—
A guruhi Barcha oʻyinlar Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+3.
B guruhi Barcha uchrashuvlar Tojikistonda boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+5.
C guruhi Barcha uchrashuvlar Eronda boʻlib oʻtgan. Sanab oʻtilgan vaqtlar: UTC+4:30 16-20-sentyabr, UTC+3:30 22-24 sentyabr, 2017-yil.
D guruhi Barcha oʻyinlar Nepalda boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+5:45.
E guruhi Barcha uchrashuvlar Qatarda boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+3.
F guruhi Barcha uchrashuvlar Xitoy Taypeyida boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+8.
G guruhi Barcha oʻyinlar Tailandda boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+7.
H guruhi Barcha oʻyinlar Myanmada boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+6:30.
I guruhi Barcha oʻyinlar Mongoliyada boʻlib oʻtgan. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+8.
J guruhi Barcha oʻyinlar Indoneziyada (neytral mezbon) oʻtkazildi. Koʻrsatilgan vaqtlar: UTC+7.
Ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar reytingi Guruhlar tarkibidagi jamoalar soni turlicha bo‘lganligi va Birlashgan Arab Amirliklarining "E" guruhidan chiqib ketishi sababli, besh va to‘rt jamoali guruhlarda beshinchi hamda to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi o‘yin natijalari ushbu reytingda hisobga olinmaydi.
Saralangan jamoalar Quyidagi 16 jamoa final turniriga yoʻllanma olgan.
Jamoa Sifatida saralangan Saralangan sanaAFC U-16 Osiyo chempionatidagi oldingi ishhtiroki1 4 (2004, 2008, 2014, 2016) 2 (1990, 2010) 2 (2006, 2010) 10 (1996, 1998, 2000, 2004, 2006, 2008, 2010, 2012, 2014, 2016) 9 (1985, 1988, 1994, 1998, 2004, 2006, 2010, 2012, 2016) 5 (2002, 2006, 2008, 2012, 2016) 10 (1986, 1988, 1992, 1998, 2004, 2006, 2010, 2012, 2014, 2016) 5 (1986, 1988, 1990, 2008, 2010) 13 (1986, 1988, 1990, 1994, 1996, 1998, 2002, 2004, 2006, 2008, 2012, 2014, 2016) 5 (2008, 2010, 2012, 2014, 2016) 14 (1985, 1988, 1994, 1996, 1998, 2000, 2002, 2004, 2006, 2008, 2010, 2012, 2014, 2016) 7 (1990, 1996, 2002, 2004, 2008, 2012, 2016) 9 (1994, 1996, 1998, 2000, 2004, 2010, 2012, 2014, 2016) 10 (1985, 1988, 1992, 1996, 1998, 2000, 2004, 2012, 2014, 2016) 6 (2000, 2002, 2004, 2006, 2010, 2016) 0 (debyut) 1 Qalin yozuv oʻsha yilgi chempionlarni koʻrsatadi. Yotiq yozuv oʻsha yildagi mezbonlarni bildiradi.
Toʻpurarlar
Manbalar
Havolalar , the-AFC.com AFC U-16 Championship 2018 , stats.the-AFC.com
saralashi 2018