Mina masjidi (yoki Samoviy masjid) – Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Agra shahridagi UNESCOning Butunjahon merosi obyekti Agra qal’asi hududida, Devoni Xos yaqinida joylashgan sunniy masjid. Masjidni Boburiy hukmdor Shoh Jahon tomonidan 1631–1640-yillarda oq marmardan qurdirgan va shaxsiy ibodati uchun moʻljallangan edi.
Bu masjid Hindiston arxeologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan milliy ahamiyatga ega yodgorlikdir.
Arxitekturasi Masjid oldida kichik hovli mavjud. Inshoot bezaksiz va oddiy uslubda qurilgan. Uning uch arkali namozxonasi mavjud. Masjid baland devorlar bilan oʻralgan boʻlib, Shoh Jahon 1658–1666-yillarda Musamman Burj (shah-burj deb ham ataladi) qoʻshni xonasida qamoqda boʻlgan paytda masjiddan foydalangan.
Yana qarang
Hindistondagi sunniy islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati Agra tumanidagi milliy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
worldvisitguide.com tsiindia.com
Turkum:Agradagi masjidlar