Singapur Changi aeroporti ( ; ) – Singapurning asosiy xalqaro aeroporti va Osiyodagi eng yirik transport hablaridan biri. Osiyo, Okeaniya, Afrika, Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikaga uchadigan 100 dan ortiq aviakompaniyalar ushbu aeroportdan parvozlarni amalga oshiradi.

Aeroport Singapurning sharqiy qismidagi Changi tumanida, shahar markazidan sharqda, lik hududda joylashgan. BOC Aviation va Jetstar Asia hamda mamlakatning flagman aviakompaniyasi – Singapore Airlines, uning yuk tashish shoʻbasi – Singapore Airlines Cargo hamda lou-koster shoʻbasi – Scoot aviakompaniyalarining baza aeroporti hisoblanadi. SATS kompaniyasining bosh ofisi ham aeroportda joylashgan.

Singapurning strategik joylashuvi tranzit parvozlar uchun qulay manzil boʻlganligi sababli, aeroport Qantas aviakompaniyasi uchun ikkilamchi havo yoʻli tuguni sifatida hamda FedEx Express yuk tashish kompaniyasining Osiyodagi bosh markazi sifatida xizmat qiladi.

2024-yil Changi aeroporti 67,7 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, bu 2023-yildagi 58.9 million yoʻlovchiga nisbatan 14.8 foizga koʻpdir.

2024-yilda Changi aeroportida taxminan 366 000 ta parvozlar qayd etildi, bu 2023-yildagi 328 000 ta parvozdan koʻproqdir. 2019-yilda esa 382 000 ta reys amalga oshirilgan.

Buyuk Britaniyaning OAG provayderi tomonidan 2024-yil Changi aeroporti dunyodagi toʻrtinchi eng gavjum aeroporti deb topilgan. Skytrax Changi aeroportini ikki yoʻnalishda – dunyodagi eng toza aeroport va eng yaxshi aeroport xodimlari boʻyicha – toʻrtinchi oʻringa qoʻygan.

2024-yilda Skytrax Changi aeroportini dunyodagi eng yaxshi aeroportlar reytingida ikkinchi oʻringa, Qatardagi Doha Hamad xalqaro aeroportidan keyin qoʻygan.

Skytrax asosiy terminal ichida joylashgan Crowne Plaza Changi Airport mehmonxonasini dunyodagi eng yaxshi aeroport mehmonxonasi deb yetti marta eʼtirof etgan (2015-yildan 2020-yilgacha, shuningdek 2022-yildan 2024-yilgacha).

Aeroport Changi Airport Group tomonidan boshqariladi, bu guruh Singapur Moliya vazirligi tasarrufidagi toʻliq davlatga tegishli shoʻba korxonadir. Aeroportda har biri uzunlikdagi ikki uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Uchinchi markaziy uchish-qoʻnish yoʻlagi esa 5-terminal qurilishi sababli vaqtincha yopilgan.

Changi aeroportining ICAO kodi – WSSS. Uchinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi (02R/20L) dastlab Singapur Harbiy-havo kuchlariga qarashli Changi aviabazasi (Sharq) tarkibiga kirgan boʻlib, texnik jihatdan alohida ICAO kod – WSAC – bilan belgilanadi.

Aeroportda toʻrtta terminal binosi bor, beshinchisi hozirda qurilish jarayonida va 2030-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Uchinchi terminalgacha boʻlgan bino va inshootlar Jewel Changi Airport deb nomlangan koʻngilochar va savdo majmuasiga ulangan.

Tavsifi

Changi aeroporti dunyo boʻylab 100 dan ortiq mamlakat va hududlardagi 400 dan ortiq shaharlarga parvoz qiluvchi 100 dan ortiq aviakompaniyalarga xizmat koʻrsatadi. Changiga har hafta taxminan 7 400 ta samolyot uchadi yoki qoʻnadi, bu har 80 soniyada bitta uchish yoki qoʻnish degani.

2019-yil yakunlari boʻyicha aeroport tomonidan eʼlon qilingan toʻliq yil statistikasiga koʻra, aeroport 68 300 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan (avvalgi yilga nisbatan 4,0% oʻsish), bu uning 38 yillik tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Bu natija bilan Changi aeroporti xalqaro yoʻlovchi oqimi boʻyicha dunyoda yettinchi, Osiyoda esa uchinchi eng gavjum aeroportga aylandi. 2019-yil dekabr oyida Changi aeroporti 6,41 million yoʻlovchi harakatini qayd etgan boʻlib, bu 1981-yilda ochilganidan beri bir oyda erishilgan eng yuqori koʻrsatkichdir. Kunlik yoʻlovchi harakati boʻyicha rekord esa 2019-yil 20-dekabr kuni yangilangan – ushbu kunda 226 692 nafar yoʻlovchi aeroportdan oʻtgan. Changi aeroporti nafaqat muhim yoʻlovchi markazi, balki dunyodagi eng gavjum kargo aeroportlaridan biri hisoblanadi – 2019-yilda u orqali 2,01 million tonna yuk tashilgan. Tijorat havo kemalari harakati soni esa 2019-yilda 382 000 boʻlgan boʻlib, bu avvalgi yilga nisbatan 1,0% ga kamdir.

2024-yilda Changi aeroporti 67,7 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, taxminan 366 000 ta havo kemasi harakatini qayd etdi va 1,99 million tonna aviayuk tashildi.

Aeroport ochilganidan beri 680 dan ortiq mukofotlarga sazovor boʻlgan, faqat 2019-yilning oʻzida turli nominatsiyalar boʻyicha 28 ta „Eng yaxshi aeroport“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Changi aeroporti infratuzilmasining eskirish taʼsirini kamaytirish maqsadida mavjud terminallarni doimiy ravishda modernizatsiya qilish va xizmat sifati standartlarini yuqori darajada saqlab qolish uchun yangi inshootlarni qurishni davom ettirmoqdaIn 2019 the airport has installed one of the first drone detection systems „AARTOS“..

Tarixi

Konsepsiyasi Changi aeroporti qurilishidan avval Singapurning asosiy xalqaro aeroporti Paya Lebarda joylashgan edi. U 1955-yilda bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi va kichik yoʻlovchi terminali bilan ochilgan boʻlib, 1937-yilda ish boshlagan Kallang aeroporti oʻrnini bosgan. Aeroportni Paya Lebardan Changi hududiga koʻchirish qarori bir nechta omillarga asoslangan. Dunyo boʻyicha aviatsiya transporti jadal rivojlanib borayotgani sababli, aeroportda zichlik muammosi yuzaga kelgan. Yoʻlovchi oqimining ortib borishiga javob bera olmasligi 1970-yillarda muhim muammoga aylangan; yillik yoʻlovchilar soni 1955-yildagi 300 000 nafardan 1970-yilda 1,7 millionga, 1975-yilda esa 4 millionga yetgan. Natijada aviatransport boʻyicha ortib borayotgan talabni qondirish, Singapurni xalqaro aviatsiya markaziga aylantirish va mamlakat havo transport infratuzilmasini zamonaviylashtirish zarurati paydo boʻlgan.

Singapur hukumati oldida ikkita variant boʻlgan – Paya Lebardagi mavjud aeroportni kengaytirish yoki boshqa hududda yangi aeroport qurish. Aviatsiya boʻyicha maslahatchilar tavsiyasiga koʻra, 1972-yilda aeroportni Paya Lebarda saqlab qolish haqida qaror qabul qilindi. Ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi va yoʻlovchi terminalini kengaytirish boʻyicha katta loyihalar ishlab chiqildi. Biroq 1973-yildagi neft inqirozi tufayli aeroportni kengaytirish zarurati vaqtincha kamaygani sababli bir yil oʻtib bu rejalar qaytadan koʻrib chiqildi.

Shuningdek, hukumat Paya Lebar aeroporti shaharning rivojlanayotgan hududida joylashganini inobatga olib, uni barcha tomondan qurilishlar bilan oʻrab olinishi xavfi tufayli, 1975-yilda Singapur orolining sharqiy chekkasida joylashgan Changi aviabazasi hududida yangi aeroport qurishga qaror qildi. Shunga qaramay, oʻsha vaqtda ham aviaqatnovlar sonining ortib borayotganligi tufayli mavjud aeroportni kengaytirish davom ettirilgan. Bundan tashqari, yangi joyda samolyotlar dengiz ustidan uchib kelgani uchun aholi yashash hududlariga shovqin taʼsiri kamaygan hamda aviatsiya hodisasi yuz bergan taqdirda halokatli oqibatlar ehtimoli kamaygan. Ilgari Singapur xalqaro aeroporti deb nomlangan Paya Lebar aeroporti keyinchalik harbiy foydalanishga oʻtkazilib, Paya Lebar aviabazasi deb qayta nomlangan.

Qurilishi Changi aeroportining dastlabki bosh rejasi ikki bosqichda ikki terminal va ikki uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilishini koʻzda tutgan boʻlib, kelajakda yana ikki yoʻlovchi terminalini qurish imkoniyati ham yaratilgan. 1-bosqichga birinchi yoʻlovchi terminali, Changi aviabazasining asosiy uchish yoʻlagini modernizatsiya qilish orqali qayta ishlatilgan birinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi, 45 ta samolyot toʻxtash joyi, yirik texnik xizmat koʻrsatish angari, yongʻinga qarshi stansiya, ustaxonalar va maʼmuriy binolar, aviakargo majmuasi, ikkita kargo agenti binosi, parvoz vaqtida taom yetkazib beruvchi oshxonalar va balandlikdagi nazorat minorasini qurish kirgan. 2-bosqich 1-bosqich tugashi bilan darhol boshlanishi rejalashtirilgan boʻlib, unga ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi, mavjud 45 ta toʻxtash joyiga qoʻshimcha 23 ta yangi joy, ikkinchi yongʻinga qarshi stansiya va uchinchi kargo agenti binosi kirgan.

Changi aeroporti 1981-yil 1-iyulda tijorat faoliyatini boshlagan. Shu kuni birinchi parvoz, Singapore Airlinesning SQ101 reysi soat Singapur vaqti bilan 07:10 da Kuala-Lumpurdan 140 nafar yoʻlovchi bilan qoʻngan. Aeroport rasmiy ravishda esa 1981-yil 29-dekabrda ochilgan. Aeroport birinchi yilida 12,1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan, u orqali 200 000 tonnaga yaqin yuk tashilgan va 63 100 ta samolyot harakati amalga oshirilgan. Keyingi bosqichlar navbati bilan ochilgan: 2-terminal – 1990-yilda, 3-terminal – 2008-yilda, 4-terminal – 2017-yilda foydalanishga topshirilgan. Barcha avvalgi terminallardan kattaroq boʻladigan 5-terminalning 2030-yilda ochilishi rejalashtirilgan.

Terminallari Yoʻlovchi terminallari Changi aeroporti toʻrtta asosiy yoʻlovchi terminaliga ega boʻlib, ular choʻzilgan teskari „U“ shaklida joylashgan, „U“ shaklining markazida esa Jewel majmuasi joylashgan. Hozirda aeroport yiliga 85 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish uchun loyihalashtirilgan umumiy quvvatga ega.

TerminalOchilgan sanaJoylashuvi1-terminal1981-yil 1-iyulShimoliy qism2-terminal1990-yil 22-noyabrSharqiy qism3-terminal2008-yil 9-yanvarGʻarbiy qism4-terminal2017-yil 31-oktyabrJanubiy qism5-terminal2030-yillarJanubiy qism

Bundan tashqari JetQuay CIP terminal deb nomlangan xususiy hashamatli terminal ham mavjud. Bu terminal Frankfurt aeroportidagi Lufthansa birinchi klass terminaliga oʻxshash boʻlib, barcha aviakompaniyalar va barcha sinfdagi yoʻlovchilar uchun mavjud, ammo kirish uchun qoʻshimcha toʻlov talab etiladi.

Qisqa umr koʻrgan budjet terminal 2006-yil 26-martda ochilgan va 2012-yil 25-sentyabrda 4-terminal qurilishi uchun yopilgan.

Hozirda 5-terminal va uchinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi Yangi terminal 2030-yilgacha qurib bitkazilishi kutilmoqda.

Kelajakdagi terminallar va loyihalar 5-terminal 2030-yillarning oʻrtalarida ishga tushirilishi kutilmoqda, bu esa 2040-yillarga kelib yoʻlovchilar oqimi ikki barobar oshishiga tayyorgarlik sifatida rejalashtirilgan. Terminal yiliga 50 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi kutilmoqda. Terminal hajmi avvalgi barcha terminallarning birgalikdagi hajmidan katta boʻlishi prognoz qilinmoqda. U hozirgi terminallarning sharqiy qismida, qayta tiklangan yerda quriladi. Qurilishning bir qismi yigʻim stavkalari oshirilishi orqali moliyalashtiriladi. Meʼmoriy xizmatlar KPF Singapore, Heatherwick Studio, Architects 61 va DP Architects tomonidan taqdim etiladi. Muhandislik xizmatlarini esa Arup Singapore, Mott MacDonald Singapore va Surbana Jurong Consultants koʻrsatadi. Singapurning sobiq transport vaziri Khaw Boon Wanning aytishicha, COVID-19 pandemiyasi tufayli 5-terminal loyihasi kamida 2 yilga kechiktirilgan.

Koʻp funksiyali majmua

2019-yil 17-aprelda ochilgan Jewel Changi Airport tabiat mavzusidagi koʻngilochar va chakana savdo majmuasi boʻlib, 1-, 2- va 3-terminallarni bogʻlaydi. 2013-yilda eʼlon qilingan bu loyiha, bir vaqtning oʻzida terminalga oʻxshash, ammo koʻp funksiyali majmua sifatida loyihalashtirilgan. Bu majmua ilgari 1-terminal avtoturargohi joylashgan 3,5 gektarlik maydonda qurilgan boʻlib, avtoturargoh yer ostiga koʻchirilgan. Jewel majmuasi Changi Airport Group va CapitaLandga qarashli CapitaLand Mall Asia kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona – Jewel Changi Airport Trustee Pte Ltd tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha umumiy qiymati 1,7 milliard Singapur dollarini tashkil etadi.

Ushbu loyiha doirasida 1-terminalni 2018-yilgacha yillik 24 million yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega tarzda kengaytirish koʻzda tutilgan edi. Bunda mustaqil roʻyxatdan oʻtish zonalari va kutish zallari bilan Jewel oʻzi alohida terminal vazifasini ham bajaradi. Majmuadagi yopiq Rain Vortex sharsharasi – dunyodagi eng baland yopiq sharshara sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Kargo terminali