„Rather Lie“ – amerikalik repper Playboi Carti hamda kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ijrosidagi qoʻshiq. U 2025-yil 26-martda Playboi Cartining uchinchi studiyaviy albomi Musicdan asosiy singl sifatida AQShdagi ritmik radiostansiyalarga yuborilgan. Qoʻshiqqa F1lthy, Ojivolta, Jarrod „Twisco“ Morgan va Ramzoid prodyuserlik qilgan. Ikki kundan soʻng, u Italiya radiolarida ham eshittirilgan.

Kompozitsiyasi „Rather Lie“ qoʻshigʻida naqarot The Weeknd tomonidan ijro etilib, u „pop musiqaga xos tiniq“, „yengil“ hamda „quloqqa yoqimli“ deb tasvirlangan, Carti esa „yoqimli, ammo mutlaqo maʼnosiz narsalar“ni pichirlayotgani eshitiladi. Shu sababli, ushbu qoʻshiq albomdagi „sevgi qoʻshigʻi“ sifatida eʼtirof etilgan esda qolarli qismlardan biri deb qaraladi. Qoʻshiq davomida Carti avval tinch ohangda kuylaydi, biroq keyinroq ovozini turlicha ishlatib, sevgilisini manipulyatsiya qiladi va muhabbati haqidagi ichki fikrlarini ochib beradi. Trek yaqin munosabatlardagi notekisliklarni aks ettiradi, bu jarayonda esa Carti oʻziga achinish oʻrniga hushyor va realistik ohangda eshitiladi.

Tanqidiy qabul Qoʻshiq musiqiy tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi. Billboard jurnalidan Mackenzie Cummings-Grady albomdagi barcha birgalikda ishlangan qoʻshiqlar reytingida „Rather Lie“ni ikkinchi oʻringa qoʻydi va ushbu duet „uchta muvaffaqiyatli ish“ni amalga oshirdi deb fikr bildirdi, chunki ular bundan avval „Popular“ (2023) va „Timeless“ (2024) dek katta shuhratga erishgan qoʻshiqlarda birga ishlashgan edi. Cummings-Grady qoʻshiq ikkalasi uchun ham eng muvaffaqiyatli trekka aylanishini taxmin qildi. Angel Diaz va Michael Saponara keyinroq qoʻshiqni albomning umumiy reytingida ikkinchi oʻringa qoʻyishdi, uni albomning „radio singli“ deb atashdi va ikkalasining qoʻshma albomi chiqishiga umid qilishgan.

C. Vernon Coleman II XXL jurnalida „Rather Lie“ qoʻshigʻini albomning dastlabki ajralib turadigan treklaridan biri sifatida keltirdi va uni albomning „energiyaga boy“ treklaridan biri deb atadi.

Chartlar +„Rather Lie“ning chartlardagi oʻrniChart (2025)Eng yuqorioʻrin (ARIA)16 Hip Hop/R&B (ARIA)4 (Ö3 Austria Top 40)12 (Tracklisten)35 (SNEP)59 International (IFPI)8 (Tónlistinn)11 (FIMI)63 (LaIPA)2 (AGATA)7 (Billboard)12 (TurnTable Top 100)59 (VG-lista)31 (Billboard)15 (Recorded Music NZ)7 (Sverigetopplistan)49

Manbalar

Turkum:2025-yil qoʻshiqlari Turkum:2025-yil singllari Turkum:Playboi Carti qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar