Kamol ( — toʻliqlik, yetuklik, mukammallik) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Kamol Eshonov — turkman-sovet yozuvchisi va shoiri. SSSR xizmat koʻrsatgan shoir; Kamol Jamolov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi; Kamol Jumaniyozov — o‘zbek siyosatchisi, filolog. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi; Kamol Mambetov — qoraqalpoq xalq yozuvchisi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati, filologiya fanlari doktori, professor; Kamol Murodov — o‘zbek dzyudochisi; Kamol Otaturk — Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti; Kamol Po‘latov — ishchi va dehqon Qizil Armiyasining Qizil Armiya askari, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni; Kamol R. Xon — hind aktyori, prodyuseri; Kamol Rahmonberdiyev — Turkistondagi taniqli ulamo; Kamol Smayilov — yozuvchi-publitsist, davlat arbobi, kinoshunos, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, professor; Kamol Tabriziy — eronlik kino rejjisyor; Kamol Tohir — turk yozuvchisi; Kamol Turbatiy — fors-tojik shoiri; Kamol Turobov — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi.

Familiyalar

Kamolov Kamolova

Yana qarang

Kamola

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari