Barbare Jorjadze (1833–1895), shuningdek, Barbare Eristavi-Jorjadze nomi bilan ham tanilgan, gruzin malikasi, yozuvchi va ayollar huquqlari himoyachisi.

Hayoti Barbare Jorjadze 1833-yilda Gruziyaning Kistauri shahrida tugʻilgan. Shagʻzoda Davit Eristavining qizi. 12 yoshida Zakaria Jorjadze bilan turmush qurgan. Ukasi Rapiel Eristavi shoir va tarixchi boʻlgan.

Yozuvchilik thumb|Barbare Jorjadzening qabri Giorgi Chubinashvili nomidagi Telavi Davlat tarix va etnografiya muzeyi hovlisida joylashgan. Gruziyaning birinchi feministi sifatida eʼtirof etilgan Barbare Jorjadze shoir, dramaturg va essenavis boʻlgan. Adabiy faoliyatini 1858-yilda boshlagan va ilk sheʼrlarini „Tsiskari“ jurnalida chop ettirgan. Jamoatchilik tanqidiga qaramay, ijod qilishda davom etgan va „Droeba“, „Iveria“, „Kvali“ hamda „Jejili“ kabi gazeta va jurnallarda oʻz asarlarini nashr ettirgan.

1861-yilda gruzin tilini modernizatsiya qilish boʻyicha bahslarda faol ishtirok etgan va, ayniqsa, Ilya Chavchavadzening qarashlariga qarshi chiqqan.

Jorjadzening „What I was looking for and what I found“ () nomli pyesasi 1867-yilda Kutaisi teatrida ilk marotaba sahnalashtirilgan. Ushbu asar bir necha yil davomida turli teatrlarda namoyish etilgan.

1874-yilda Jorjadze oʻzining „Georgian Cuisine and Tried Housekeeping Notes“ nomli oshpazlikka oid kitobini nashr ettirgan. Ekvtime Kheladzening bosmaxonasida chop etilgan ushbu kitobda gruzin va Yevropa taomlarining retseptlari jamlangan. Uning koʻplab retseptlariga anʼanaviy gruzin taomlarini tayyorlashda standart amaliyot sifatida qaraladi, shuningdek, ushbu kitob bugungi kunda ham oʻz mashhurligini saqlab qolmoqda.

Jorjadze 1893-yilda „Kvali“ jurnalida nashr etilgan „A Few of Words to the Attention of Young Men“ () nomli maktubini yozgan. Ayollar huquqlari mavzusiga bagʻishlangan ushbu maktubga gruzin feminizmining manifesti sifatida qaraladi.

2017-yilda Gruziya Milliy Parlamenti kutubxonasi oʻzining oʻqish xonasiga aynan Barbare Jorjadzening nomini bergan. Ushbu xonadan, shuningdek, Anuk Beluga tomonidan ishlangan devoriy rasmlar ham joy olgan boʻlib, ularda Jorjadze va boshqa gruzin ayol yozuvchilari va faollari tasvirlangan.

Manbalar

Turkum:1833-yilda tugʻilganlar Turkum:1895-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Feministlar