Fikrat Goja (, 1935-yil, 25-avgust – 2021-yil, 5-may) Ozarbayjon shoiri. Goja 1998-yilda Ozarbayjon xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. Hayoti Goja Agʻdashda tugʻilgan. U Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil olgan va ushbu istitutni 1964-yilda tamomlagan.
„The Woman Who Couldnʼt Find Words“ Gojaning ilk chop etilgan sheʼri hisoblanadi. Goja uni „doimo hammasiga hayron boʻlgan ayol haqida edi. U atrofidagi dunyoda roʻy berayotgan voqealarni tushuna olmasdi“, – deb taʼriflagan.
Goja 1978-yildan beri to vafotiga qadar Gobustan jurnalining bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan va shu bilan bir qatorda Ozarbayjon yozuvchilari uyushmasida faol boʻlgan. 1997-yilda esa ushbu uyushmaning kotibi etib tayinlangan. Gojaning ozarbayjon tilidagi koʻplab sheʼrlari nashr etilgan boʻlib, ularda asosan ozarbayjon xalqining erkinlik va mustaqillik yoʻlidagi tarixiy kurashi, ijtimoiy-siyosiy ozodlik gʻoyalari badiiy talqin etilgan.
Uning sheʼriy toʻplamlari vatanparvarlik tuygʻulari, yurtga boʻlgan muhabbat va inson hamda vaqt haqidagi falsafiy qarashlarni oʻzida aks ettiradi. Goja koʻplab xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan va u yerlarning milliy ozodlik harakatlariga bagʻishlab sheʼrlar yaratgan. Xususan, kubalik ozodlik kurashchisi Ernesto Che Guevaraga bagʻishlangan „Manzilsiz xatlar“, Guinea-Bissau mustaqillik harakati faoli Amílcar Cabral, filippinlik milliy qahramon José Rizal, hamda yosh vyetnamlik Lee Vi Tom haqida sheʼrlar yozgan. 1990-yillarda u „Yoʻlovchilar“, „Inson darajasi“, „Oddiy haqiqatlar“ kabi asarlarini yaratib, ozodlik yoʻlidagi davom etayotgan kurashni yoritdi. Bundan tashqari, Goja bir qator nasriy asarlar ham yozgan. 1990-yilning 20-yanvaridagi fojeali voqealar uning „Oʻlim – ayriliq emas“ (1990) va „Hozircha, qiyomat kunigacha“ (2000) kabi hikoyalarida aks ettirilgan.
Goja Mixail Lermontov, Taras Shevchenko, I.Volker kabi adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning oʻz ijodi esa bir qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Gojaning „Mother, my friend is getting married“, „My heart“, „Morning“, „Come, morning“, „I couldnʼt find a flower“, „The night is too long“, „Autumn has come“ kabi sheʼrlariga musiqa bastalangan.
Mukofotlari 1968-yilda Goja yoshlarning qahramonligi va mardligiga bagʻishlangan sheʼri uchun Lenin Komsomol mukofoti bilan taqdirlangan.
2015-yilda Goja Ozarbayjon adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun Sharaf ordeni bilan mukofotlangan. Taqdirlash marosimi Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasida boʻlib oʻtgan.
2020-yilning 25-avgustida Goja Ozarbayjon madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Istiglal ordeni bilan taqdirlangan. Mukofotni unga Ilhom Aliyev topshirgan.
Vafoti Goja 2021-yilning 5-may kuni Ozarbayjonda vafot etgan.
Mukofotlari Ozarbayjon SSRning „Lenin Komsomoli“ mukofoti – 1968-yil Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni – 1979-yil, 30-iyul Shohrat ordeni – 1995-yil 26-iyun Ozarbayjon xalq shoiri faxriy unvoni – 1998-yil, 23-may Humoy mukofoti – 1998 Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining individual pensiyasi – 2002-yil, 11-iyun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti faxriy yorlig‘i – 2010-yil, 16-iyul Sharaf ordeni – 2015-yil, 1-sentabr Ozarbayjon Respublikasi Davlat mukofoti – 2016-yil, 26-may Istiglal ordeni – 2020-yil, 24-avgust.
Asarlari Qağayı (1963) Hamıya borcluyam (1965) Yatmadığım gecələrdə (1970) Günlərin bir günü (1972) Gül ömrü (1975) İnsan xasiyyəti (1980) Ömürdən səhifələr (1984) Mavi dünyanın adamları (1988) Taleyin ağır taleyi (1993) Dənizdə ay çiməndə (1967) Seçilmiş əsərləri (2014)
Manbalar
Havolalar
Biography of Fikrat Goja