Muzaffar ( — zafar, gʻalaba qozongan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Muzaffar Abdiyev — oʻzbek oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi; Muzaffar Ali — miniatyurachi musavvir, Hirot miniatyura maktabinmng namoyandasi; Muzaffar Erkinov — oʻzbekistonlik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser; Muzaffar Homidxonov — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1961), professor (1962); Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy — Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi; Muzaffar Komilov — oʻzbek davlat arbobi; Muzaffar Moʻminov — oʻzbekistonlik futbolchi; Muzaffar Muhamedov — oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor; Muzaffar Muzaffarov — oʻzbek professional futbolchisi; Muzaffar Olimjonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Muzaffar Saʼdullayev — oʻzbek aktyori va hunarmand; Muzaffar Soliyev — oʻzbekistonlik siyosatchi; Muzaffar Tursunxoʻjayev — oʻzbekistonlik koʻzi ojiz paralimpiyachi suzuvchi; Muzaffar Xayrullayev — faylasuf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967); Muzaffar Xoliqov — oʻzbekistonlik futbolchi; Muzaffar Zohidov — sharqshunos, filolog, arabshunos; Muzaffar al-Gʻaziynaziy — faqih va olim; Muzaffar ibn Kaydar — 9-asrda Abbosiylar xalifaligining Misrdagi noibi boʻlgan; Muzaffar mirzo — Husayn Boyqaroning 6-oʻgʻli; Muzaffarbek Madrahimov — oʻzbek davlat arbobi; Muzaffarbek Toʻraboyev — oʻzbekistonlik dzyudochi.
Familiyalar Muzaffarov Muzaffarova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari