Bahodir Abdurahimovich Abdurahimov (1948-yil 23-sentyabr, Olmos qishlogʻi, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2016-yil 14-mart, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor, „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasining sobiq bosh direktori va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvoni sohibi.
Biografiyasi Bahodir Abdurahimov 1948-yil 23-martda Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlogʻida tavallud topgan. 1966–1972-yillarda Fargʻona politexnika institutida tahsil olgan. 1972—1992-yillarda Namangan viloyat qurilish uyushmasi boshligʻi, Qurilish tresti boshligʻi, Namangan viloyati Chust shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, „Oʻzkolxozqurilish“ tresti bosh muhandisi va Davqurilish bosh muhandisi boʻlib ishlagan.
992–2001-yillarda Madaniyat vaziri oʻrinbosari, 2001–2008-yillarda „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi bosh direktori, keyinchalik Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti „Xalqaro madaniy aloqalar va sanʼatshunoslik“ kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi. Manbalar