Isʼhoq al-Mavsiliy () (767/772-yilda tugʻilgan – 850-yil martda vafot etgan) asli kelib-chiqishi fors millatiga mansub boʻlgan musiqachi, bastakor, qoʻshiqchi va musiqa nazariyotchisi sifatida faoliyat yuritgan. Abbosiylar xalifaligida oʻz davrining yetakchi musiqachisi boʻlgan. Ketma-ket olti Abbosiy xalifalari: Horun ar-Rashid, al-Amin, al-Maʼmun, al-Muʼtasim, al-Vosiq va al-Mutavakkil qoʻl ostida xizmat qilgan. Xalifalar va Abbosiylar saroyi uni yuksak qadrlashgan va uning bu qadar hurmat qilinishi oʻsha davr musiqachilari uchun gʻayrioddiy boʻlgan yuqori ijtimoiy mavqega ega boʻlgan.
Otasi Ibrohim al-Mavsiliy, qoʻshiqchi Atika binti Shuhda va Zalzaldan taʼlim olgan. Otasidan soʻng anʼanaviy musiqa maktabiga rahbarlik qilgan. Bu esa uni Ibrohim ibn al-Mahdiy va Ziryab kabi ilgʻor musiqachilar bilan qarama-qarshilikka olib kelgan, ularning uslubi keyinchalik ommaboplikda ustunlikka erishdi. Is’hoq al-Mavsiliyning nomi al-Haririyning „Maqomat“ asarida va „Ming bir kecha“ rivoyatlarida ham tilga olingan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:850-yilda vafot etganlar Turkum:8-asrda tugʻilganlar