Abdellah Ouazane (, ; 2009-yil 15-yanvarda tugʻilgan) – niderlandiyalik-marokashlik professional futbolchi boʻlib, „Real Madrid“ klubining yoshlar jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp tepadi. Niderlandiyada tugʻilgan boʻlsa-da, u Marokash oʻsmirlar milliy terma jamoasi safida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Ouazanening otasi tavsiyasiga koʻra AVV Zeeburgia havaskorlar klubiga roʻyxatdan oʻtkazilgan, keyinchalik uni Ayaks skautlari payqab, klub akademiyasiga qabul qilishgan. Uning oʻyin uslubi ingliz yarim himoyachisi Jude Bellinghamga oʻxshatiladi.

Xalqaro faoliyati Niderlandiya va Marokash fuqaroligiga ega boʻlgan Ouazane Marokash va Gollandiyaning 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoalariga chaqirilgan. Keyinchalik, oʻn olti yoshida u uzil-kesil sport tomonidan Marokashni tanlaganini maʼlum qilgan.

2025-yil mart oyida u Marokashning 2025-yilgi U-17 Afrika Millatlar Kubogi uchun terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Marokash ushbu turnirda gʻolib chiqqan. Ouazane turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Yutuqlari Marokash U17

U-17 Afrika Millatlar Kubogi: 2025

Yakka shaxs

U-17 Afrika Millatlar Kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2025

Manbalar

Havolalar Profile ZeroZero saytida

Turkum:Amsterdamda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari