Anvar Husayn Panohiy (forscha: انور حسینپناهی) – Eronlik kurd oʻqituvchisi va siyosiy faol. U 2007-yil 5-noyabrda hibsga olingan va 2008-yil iyul oyida Inqilob sudi tomonidan „milliy xavfsizlikka qarshi ish koʻrish“ va „Xudoga dushmanlik“ ayblovlari bilan oʻlimga hukm qilingan. Biroq 2009-yil mart oyida unga 6 yil qamoq jazosi berilgan. U Sanandaj qamoqxonasida saqlangan, 2013-yil 13-avgustda, jazo muddatining tugashiga 3 oy qolganda, kafolat evaziga ozod qilingan. 2017-yil 27-iyunda Anvar yana hibsga olinib, Tehronga olib ketilgan va 2 kunlik hibsdan soʻng, Kurdiston ustoniga qaytmaslik sharti bilan ozod qilingan
Hayoti Anvarning bir oʻgʻli Milad (1999-yilda tugʻilgan) va ikki qizi bor: Mahtab (1996) va Mahshid (2005). Uning Zibar va Ahmad ismli ikki ukasi bor.
Ozodlikka chiqqanidan beri u ukasi Raminning ozodligi uchun harakat olib bormoqda.
2007-yilgacha u boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eron kurdlari Turkum:Eron faollari