Abdulloh ibn al-Hasan ibn Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad ibn Abdulmalik ibn Abu ash-Shavorib () – 10-asrda yashagan musulmon huquqshunosi, Bagʻdodning bosh qozisi boʻlib xizmat qilgan.
Abdulloh ibn al-Hasan 931-yil noyabr/dekabr oylarida tugʻilgan. Bu oila hanafiylik mazhabidagi huquqshunos oilalardan boʻlib, IX–XI asrlarda ularning oilasidan Abbosiy xalifaligida xizmat qilgan 24 nafar qozi, shu jumladan, 8 nafar bosh qozi yetishib chiqqan. Uning ukasi Muhammad 944–945 va 946–947-yillarda bosh qozi boʻlgan.
Abdulloh ibn al-Hasan 961-yil sentyabr/oktyabr oyida bosh qozilik lavozimini egallan. Bu lavozimni hukmron Buvayhiylardan har yili 200 000 kumush dirham toʻlash evaziga sotib olgan edi. Bu mablagʻni toʻlash uchun u, oʻz navbatida, shurta va hisba (jamoat axloqini nazorat qiluvchi organ) lavozimlarini har oyda 20 000 dirham evaziga sotgan. Bu holat xalifa al-Mutiyning qarshiligiga duch kelgan, xalifa nafaqat uni lavozimga tasdiqlashdan bosh tortgan, balki u bilan uchrashishni ham istamagan. Buning oʻrniga uni lavozimga tayinlash marosimini Buvayhiy hukmdori Muizz ad-Davla amalga oshirgan. Bu tayinlov keng miqyosda xalq tomonidan ham, ulamolar orasida ham eʼtiroz bilan qarshi olingan va u bosh qozilik lavozimida ikki yil ham ishlamayoq, 963-yil iyun oyida ishdan chetlatilgan. Uning oʻrniga avvalgi bosh qozi Umar ibn Axtam tayinlangan va Abdulloh tomonidan chiqarilgan barcha hukmlar bekor deb eʼlon qilingan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Hanafiylar Turkum:931-yilda tugʻilganlar Turkum:1025-yilda vafot etganlar