Andorra futbol federatsiyasi () – Andorrada futbolni boshqaruvchi asosiy tashkilot hisoblanadi. Federatsiya Primera Divisió, Copa Constitució, Andorra Superkubogi musobaqalarini tashkil qiladi. Shuningdek, federatsiya Andorra milliy futbol terma jamoasi faoliyatini ham muvofiqlashtiradi. Uning bosh qarorgohi Escaldes-Engordany shahrida joylashgan. 2001-yilgi maʼlumotlarga koʻra, federatsiya 12 ta klub, 300 nafar futbolchi va 22 nafar hakam faoliyatini nazorat qilganАндорра / Планета Футбол. — 2001.

Tarixi Andorra futbol federatsiyasi 1994-yil 21-aprel kuni Francesc Vila tashabbusi bilan tashkil etilganБольшой прогресс маленькой страны / uefa.org. 1996-yilda federatsiya UEFA va FIFA ga aʼzo boʻldi. 1996-yil 13-noyabr kuni milliy terma jamoa oʻz tarixidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi; Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 1:6 hisobida magʻlub boʻldi. 1998-yil avgust oyida Andorra milliy futbol maktabi tashkil etildi. Oʻsha yilda, shuningdek, U-17 va U-19 terma jamoalari tuzildi. 2006-yilda esa yoshlar terma jamoasi (U-21) ham tashkil etildi. 2014-yilda Andorrada ayollar milliy terma jamoasi ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazdi.

2019-yilda federatsiya bosh kotibi Tomás Gea va sobiq g‘aznachi José Garcíaga nisbatan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, firibgarlik va pul yuvish bo‘yicha tergov ishlari boshlandiAndorra Federation officials charged with parole crimes .

Prezidentlar No.PrezidentLavozimdagi yillari1Francesc Vila1994-yil2000-yil2Francesc Amat2001-yil2009-yil3Antoni Giribet2009-yil2013-yil4Victor Santos2013-yil2019-yil5Felix Álvarez2019-yilhozir

Yana qarang Andorra milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar Rasmiy vebsayt Andorra FIFA vebsaytida Andorra UEFA vebsaytida

Turkum:UEFA milliy aʼzolari