Belarus futbol federatsiyasi (; ; BFF) – Belarusda futbol, plyaj futboli va futzal boʻyicha boshqaruvchi tashkilot hisoblanadi. U Belarus oliy ligasi, Belarus milliy futbol terma jamoasi hamda Belarus ayollar futbol terma jamoasini tashkil etadi. Federatsiyaning bosh qarorgohi Minsk shahrida joylashgan.
Tarixi Belarus futbol federatsiyasi 1989-yilda tashkil etilgan. 1992-yilda FIFA aʼzoligiga qabul qilinib, Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. 1993-yilda esa UEFA ga aʼzo boʻldi, bu esa milliy terma jamoaga Yevropa chempionatlarida, Belarus klublariga esa Yevrokuboklarda qatnashish imkonini berdi.
2021-yil iyun oyida UEFA Belarus futbol federatsiyasini oʻz homiyligidagi har qanday tadbir va musobaqalarni oʻtkazish huquqidan mahrum qildi. Belarus terma jamoasi va klublariga UEFA musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat berilmadi, ilgari rejalashtirilgan 2021-yilgi UEFA Mini Futbol Chempionlar Ligasi va UEFA Kongressi esa boshqa mamlakatlarga koʻchirildi. Avvalroq esa Belarusda oʻtkazilishi rejalashtirilgan 2021-yilgi 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan edi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng, UEFA va FIFA Belarus termasi va klublarini xalqaro musobaqalardan vaqtincha chetlashtirdi. Keyinchalik bu cheklov bekor qilindi, biroq UEFA Belarusda xalqaro musobaqalarni oʻtkazishni taqiqladi.
Prezidentlar
Evgeny Shuntov (1989-yil – 1999-yil) Grigory Fedorov (1999-yil – 2003-yil) Gennady Nevyglas (2003-yil – 2011-yil) Sergei Rumas (2011-yil 22-aprel – 2019-yil) Vladimir Bazanov (2019-yil – 2023-yil) Nikolay Sherstnyov (2023-yil – hozir)
Yana qarang Belarus milliy futbol terma jamoasi Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
Havolalar Rasmiy vebsayt
Belarus UEFA vebsaytida Belarus FIFA vebsaytida
Turkum:UEFA milliy aʼzolari