Adriana María Sachs (1993-yil 25-dekabrda tugʻilgan) Racing Club jamoasi hamda Argentina ayollar jamoasida himoyachi ampluasida toʻp suradigan argentinalik professional futbolchi.
Klubdagi faoliyati Oʻz mamlakatidagi Huracán va UAI Urquiza jamoalarida oʻnaganidan keyin Sachs Ispaniyaga Segunda ligasi jamoasi Collerense safiga 2020-yilda borib qoʻshilgan. Jamoa safida 2 marta maydonga tushganidan soʻng oʻz vatani Argentinaga, Boca Juniors jamoasiga qaytgan.
2023-yil 15-yanvarda Boca Juniors jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan Copa Libertadores Femenina 2022dagi oʻyinlarda asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlganidan keyin Braziliyaning Santos klubiga oʻtgan. 2023-yil 21-iyul kuni Sachs va vatandoshi Eliana Stábile bilan jamoadan chiqarib yuborilgan. Sachs Argentinaga qaytgan va 2023-yil 13-avgustda Racing Club jammoasi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati Sachs Futbol boʻyicha 2012-yilgi 20 yoshgacha qizlar oʻrtasida jahon kubogi musobaqasida Argentina safida oʻynagan. 16-mart 2014-yilda u oʻzining asosiy jamoadagi debyutini amalga oshirgan. Oʻsha kunda Argentina Janubiy Amerika Oʻyinlari musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u 2 marta Copa América Femenina musobaqalarida (2014 va 2018) va Panamerika oʻyinlarida 2015 hamda 2019 yillarda yurti uchun maydonga tushgan.
Yutuqlari UAI Urquiza Argentina Primera División A ayollar ligasi: 2016, 2017-2018, 2018-2019 Boca Juniors Argentina Primera División A ayollar ligasi: 2021 Clausura, 2022 Súper Final: 2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik ayol futbolchilar Turkum:Sportchilar