Mahasti Shahroxiy () – eronlik romanchi, shoirThe Poetry of Iranian Women Sheema Kalbasi – 2009 – Page 62, koʻplab adabiy mukofotlar sovrindori. Uning „Ipak yoʻli uzunligidagi shol“ romani (Baran nashriyoti, Shvetsiya, 1999-yil) tanqidchilar eʼtiborini tortdi va AQShda nashr etiladigan „Cactus“ jurnali oʻzining uchinchi sonini aynan shu romanga bagʻishladi. Uning soʻnggi asarlari „Boshqa dengiz, boshqa sohil: Fors migratsiya hikoyalari“ (Interlink World Fiction, AQSh) va „Boshqa ovozlar xalqaro sheʼriyati“ toʻplamlarida nashr etilgan. Uning „Sobh-e Nahan“ romani va „Jomhuri-e Sokut“ sheʼriy toʻplami nashrga tayyorlanmoqda.

Mahasti adabiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini Fransiyadagi Sorbonna universitetida olgan. Hozirda Parijda yashaydi.

Manbalar

Havolalar Uning blogi, Chashman-e Bidar DW (fors tilida) Muallifning kitoblari Open Edition Journals