Alexandra Truwit (2000-yil 31-mayda tugʻilgan) – amerikalik para suzuvchi. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida AQSh sharafini himoya qilgan.

Yoshlik davri va taʼlimi Truwit New Canaan shahridagi St. Lukeʼs maktabida tahsil olgan. Uning maktabida suzish jamoasi boʻlmagani uchun Truwit Chelsea Piers suzish jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etgan.

Truwit keyinchalik Yale universitetida oʻqigan va „Yale Bulldogs“ suzish hamda shoʻngʻish jamoasi aʼzosiga aylangan. Sportchi Kognitiv fan va xulq-atvor iqtisodiyoti boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Karyerasi 2024-yilgi AQSh Paralimpiya saralash musobaqalarida Truwit S10 toifasida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida 1:08.98 koʻrsatkich bilan Amerika rekordini oʻrnatdi. 2024-yil 30-iyunda u Parijda boʻlib oʻtgan 2024-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi AQSh terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Truwit ikki marotaba Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sohibasi boʻlgan, jumladan, ayollar oʻrtasida S10 toifasida 400 metrga erkin usulda suzish hamda 100 metrga chalqancha suzish bahslarida sovrindor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Truwitning onasi Jody 1991-yilda Yale universitetining ayollar oʻrtasida suzish va shoʻngʻish jamoasi sardori boʻlgan. 2023-yil may oyida Yale universitetini tugatganidan ikki kun oʻtib, Truwit doʻsti Sophie Pilkinton bilan Terks va Kaykos orollarida dam olayotgan edi. Karib dengizida shnorkeling vaqtida unga akula hujum qilgan. Akula uning toʻpigʻidan pastki qismi va oyogʻining bir qismini tishlab ketgan. Truwit xavfsizligi uchun qayiq tomonga qaytish maqsadida 50–75 yard masofani suzishga majbur boʻlgan. Qayiqqa qaytgach, Pilkinton Truwitning oyogʻidan qon ketishini toʻxtatish uchun turniketdan foydalangan va uning hayotini saqlab qolgan. Shundan soʻng Truwit havo yoʻli orqali Mayamidagi kasalxonaga olib ketilgan va infeksiyaga qarshi kurashish maqsadida 2 ta operatsiyani boshdan kechirgan. 31-may yaʼni tugʻilgan kunida protez bilan yaxshi harakatlanishi uchun oyogʻining tizzadan past qismidan amputatsiya qilingan.

Manbalar

Turkum:21-asr amerikalik sportchi ayollar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar