1541-yilgi Jazoir yurishi Muqaddas Rim imperatori va Ispaniya qiroli Karl V Jazoir regentligiga qarshi quruqlikdan va dengizdan bir vaqtda hujum uyushtirishga urinish oqibatida yuz bergan urush hisoblanadi. Rejaning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, ayniqsa, noqulay ob-havo sharoitlariga qarshi tayyorgarlikning sustligi, ekspeditsiyaning muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga olib kelgan.

Tarixi Jazoir 1529-yilda Xayriddin Barbarossaning yordami bilan Usmoniylar imperatori Sulaymon I ning nazoratiga oʻtgan edi. 1535-yilda Barbarossa Jazoirni tark etib, Konstantinopolda Usmoniylar imperiyasining bosh admirali etib tayinlandi va uning oʻrniga hokim sifatida sardiniyalik haram ogʻasi va renegat Hasan ogʻa tayinlandi. Hasanning xizmatida mashhur Usmoniylar dengiz qoʻmondonlari Dragut, Solih Reis va Sinan posho bor edi.

Karl V Buda yaqinidagi qamaldan keyin oʻch olishni istab ekspeditsiyaga jiddiy tayyorgarlik koʻrdi. Ammo ispan va genuya flotlari kuchli boʻron tufayli jiddiy zarar koʻrdi va bu qirolni yurishni toʻxatishga majbur qildi.

Yurish Germaniya va Flandriyada yuzaga kelgan muammolar sababli 1541-yil 28-sentyabrda mavsumning juda kech boʻlishiga qaramay Karl V safarga chiqdi. Flot Majorca orolidagi Palma qoʻltigʻida toʻplandi. Unda 500 dan ortiq yelkanli kema va 24 000 nafar askar bor edi. Andrea Doria boshchiligidagi flot Ispaniya va Niderlandiyadan qoʻshinlarni tashish maqsadida ittifoqchi davlatlar – Genuya Respublikasi, Neapol qirolligi hamda Quddusdagi Avliyo Ioann ordeni yordamida yuborildi.

Ob-havoning noqulay ekaniga qaramay, flot 19-oktyabr kuni Jazoir sohillariga yetib keldi, oʻsha paytda boʻron koʻtarilayotgan edi. Karl V bilan birga mashhur ispan qoʻmondonlari, jumladan, Meksikani zabt etgan Kortes Ernan ham safarga chiqqan edi, biroq u Harbiy kengashga taklif qilinmadi.

23-oktyabrda qoʻshinlar qirgʻoqqa tushirildi va qirol Karl nemis askarlari bilan oʻralgan qirgʻoqdagi balandlikda shtab-kvartira oʻrnatdi. Nemis, ispan va italiyalik qoʻshinlar 150 nafar maltalik ritsarlar bilan birgalikda jazoirliklarning qarshiligini yoʻq qilib, qirgʻoqqa tusha boshladilar va tez orada shaharni shimoliy qismidan tashqari toʻliq qurshab olishdi. Xayriddinning oʻrinbosari Hasan ogʻa Bob Azzoun darvozasida kuchli mudofaa tashkil qildi va maltalik ritsarlarga jiddiy talafotlar yetkazdi.

Shahar taqdiri goʻyo hal boʻlgandek edi. Biroq oradan bir kun oʻtib, ob-havo keskin yomonlashib, kuchli yomgʻir yogʻdi. Koʻplab past bortli, uzun harbiy kemalar langarlaridan ayrildi, 15 tasi qirgʻoqda vayron boʻldi. Yana 33 ta katta yelkanli kemalar choʻkib ketdi, koʻplab boshqa kemalar esa tarqalib ketdi. Jazoirliklar qoʻshinning katta qismiga qarshi hujum uyushtirib, endigina yetib kelgan raqibga zarba bera boshladi. Karl V qurshovda qoldi, uni faqat Ioann ritsarlarining qarshiligi qutqarib qoldi. thumb|Maltalik bir ritsar Bobb Azzoun darvozasiga xanjarini sanchmoqda (Leon Galibert asari, 1844-yil). Andrea Doria flotning qolgan qismini Jazoirdan besh chaqirim sharqda joylashgan Matifu burnidagi xavfsizroq bandargohga olib bordi. U Karl V ga oʻz pozitsiyasini tashlab, Matifuga qoʻshilishni maslahat berdi va qirol katta qiyinchilik bilan bu ishni amalga oshirdi. U yerdan ob-havoning davomiy bosimi ostida qolgan qoʻshinlar oʻsha paytda ispanlar qoʻl ostida boʻlgan Bejaiaga yoʻl oldi. Karl esa 23-noyabrgacha ochiq dengizga chiqolmay qoldi. Oʻzining otlari va tojini dengizga tashlab, Karl qoʻshinini tark etdi va vatanga qaytishga majbur boʻldi. Nihoyat, 3-dekabr kuni Ispaniyaning janubi-sharqidagi Cartagenaga yetib bordi. right|thumb|400x400px|Jazoir qoʻltigʻidagi xristian kemalarining halokati, 1541-yil. Bosqinchilar juda katta yoʻqotishlarga uchradi, 150 ta kema va minglab dengizchi hamda askarlar nobud boʻldi. Bir turk yilnomachisining yozishicha, berber qabilalari 12 000 nafar bosqinchini qirgʻin qilgan. Urush aslahalari, jumladan, 100 dan 200 tagacha toʻp tashlab ketildi, ular keyinchalik Jazoirdagi qal’a devorlari uchun qayta oʻrnatildi. Karl qoʻshinlarining juda katta qismi asirga olinib, Jazoir bozorlarida qul savdosi toʻlib-toshdi, hattoki, 1541-yilda „qullar kishi boshiga bir dona piyoz evaziga sotilmoqda“ degan gap tarqaldi. Hasan ogʻa esa xristian qoʻshinlari ustidan qozongan gʻalabalari uchun beklarbegi unvoni bilan taqdirlandi.

Oqibati Falokat ispanlarning kuchini ancha zaiflashtirdi, bundan foydalangan Hasan ogʻa 1542-yil iyul oyida Ispaniyaning Vahron bazasiga qarashli Mers-el-Kebir portiga hujum qildi.

Charles Lambning taʼkidlashicha, Shekspirning „Boʻron“ asaridagi dengiz jodugari Sycorax obrazi ushbu boʻrondan ilhomlanib yaratilgan boʻlishi mumkin. Sycorax jazoirlik sehrgar ayol boʻlib, oʻzining sehr-joduli balolari sabab vatanidan quvgʻin qilingan, ammo „u qilgan bitta narsa“ tufayli hayotini saqlab qolishgan. Bu „bitta narsa“ asarda ochiqlanmagan, biroq Charles Lambning fikricha, Shekspir 1541-yilda ispan bosqinchi flotini halokatga uchratgan, xalqini himoya qilish uchun boʻron chaqirgan, nomi tilga olinmagan jazoirlik jodugar haqidagi afsonadan ilhom olgan boʻlishi mumkin. thumb|Jazoir, 1541-yil thumb|Jazoir

Yana qarang

Jazoir yurishi (1516) Jazoir yurishi (1519)

Manbalar

Turkum:16-asr Jazoirda Turkum:1541-yil Yevropada Turkum:1541-yil Turkum:16-asr Afrikada Turkum:1541-yildagi ziddiyatlar Turkum:Sulaymon I