Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻgʻli) (1840-yil, Chimkent viloyati Saryom (hozirgi Sayram) qishlogʻi — 1912-yil) — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan. Tahsili Toshkent va Buxorodagi madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. „Beklar begi“ madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan („Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf“). Faoliyati Yusuf Saryomiy xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan. Ijodiyoti Shoir sheʼrlari hayotligida „Bayoz“ (1893), „Armugʻoni Xislat“ (1911), „Bayozi Muhallo“ (1912), „Bayozi Haziniy“ (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yusuf Saryomiy sheʼrlarini toʻplab, „Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy“ nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan. Xotirasi Sayram tarixi haqidagi xilma-xil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan „Risola“ni Yusuf Saryomiyga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari („Yaliyali“ kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yusuf Saryomiy nomida koʻcha va maktab bor.

Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan „Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy“ (1914-yil)da jam boʻlgan.

Asarlari Saryomiy Yusuf Sheʼrlar. Sayram, 1990. Oʻzbek adabiyoti. 4-tom, 1-kitob. Toshkent, 1959. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-tom. Toshkent, 1978. Yusuf Saryomiy, Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat, izoh) Toshkent, Maʼnaviyat, 2002. Tanlangan asarlar, Toshkent, 2002. Adabiyot Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, Toshkent, 1998; Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz…, Toshkent, 1998.

Ilmiy adabiyotlar Zufarov S. Nodir qoʻlyozmalar. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnali, 1954-yil 4-son. Zufarov S. Saryomiy izidan. „Toshkent oqshomi]]“, 1988-yil 18 iyun. Qosimov B. Muhabbat ahlining gulshani. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 5 oktabr. Mirxoldorov M. Sayramlik shoir. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 10 avgust.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Qozogʻistonlik oʻzbeklar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar Turkum:Xattotlar