Highway to Hell – Avstraliyalik rok guruhi AC/DC tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Bu guruhning „Highway to Hell“ (1979) albomidagi ilk trek boʻlib boʻlib, dastlab 1979-yil iyul oyida albom bilan bir kunda singl sifatida premyera qilingan.
Qoʻshiq Angus Young, Malcolm Young va Bon Scott tomonidan yozilgan boʻlib, gitara rifi uchun mualliflik huquqi Angus Youngga tegishlidir. AC/DC bir necha studiya albomlarini taqdim etgan va ularni tinimsiz, mashaqqatli gastrol safarlari orqali targʻib qilgan. Bu jarayonni Angus Young „Highway to hell“ deb taʼriflagan va shu asosda qoʻshiq nomi yuzaga kelgan.
Yaratilish tarixi Qoʻshiq A major tonida yozilgan. Uning nomi va matni doimiy gastrol safarlari va yoʻlda kechadigan hayotning mashaqqatli jihatlarini ifodalaydi. Sarlavhaga ilhom manbasi boʻlgan Canning Highway yoʻli Perth shahridagi Kwinana avtomagistralini Fremantle porti bilan bogʻlaydi hamda Bon Scottning sevimli pab va mehmonxonalaridan bir nechtasi, shu jumladan Raffles Hotel ham aynan shu koʻchada joylashgan.
Malcolm Youngning eslashicha: „Har kuni hayolda yuzlab rifflar paydo boʻlardi. Lekin biz oʻsha birini eshitib, „Bu boshqalariga qaraganda yaxshi“ deb oʻyladik. U qolganlaridandan keskin ajralib turardi“.
Cashbox nashri qoʻshiqni „ibtidoiy gitara rokining larzaga soluvchi naʼmunasidir“ deya taʼriflab, undagi „oddiy, biroq samarali riff“ va „jasoratli vokal“ni alohida qayd etgan. Record World esa „gʻuvillagan vokallar ochiqchasiga yangraydigan gitara ovozi bilan qoʻshilib, oddiy, yuqori kuchlanishli, rok-n-roll kayfiyatini yaratadi“, deya yozgan.
Singl Germaniya singllar chartida 45 hafta davomida saqlanib, 19-haftasida 30-oʻringacha koʻtarilgan. Qoʻshiq chiqarilganidan olti oydan koʻproq vaqt oʻtib, Bon Scott doʻstining mashinasi orqa oʻrindigʻida oʻlik holda topilgan.
Chartlar Chart (1979/80)Eng yuqorioʻrniAustralian (Kent Music Report)24Austrian Singles Chart52Belgian Singles Chart14Dutch Singles Chart17French Singles Chart23German Singles Chart30Spanish Singles Chart24Swedish Singles Chart36UK Singles Chart56US Billboard 10047
Chart (1992)Eng yuqorioʻrniDutch Singles Chart69Swiss Singles Chart37US Billboard Mainstream Rock1Chart (2012)Eng yuqorioʻrniScottish Singles Chart36UK Singles Chart40Billboard Hot Digital Songs1Chart (2013)Eng yuqorioʻrniUK Singles Chart4Irish Singles Chart23Scottish Singles Chart36Chart (2021)Eng yuqorioʻrniChart (2022)Eng yuqorioʻrni
Manbalar
Turkum:1979-yil qoʻshiqlari Turkum:AC/DC qoʼshiqlari Turkum:Rok-musiqa Turkum:Hard rock