„Timeless“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda amerikalik repper Playboi Carti ijrosidagi qoʻshiqdir. U 2024-yil 27-sentabrda XO va Republic Records leyblari orqali The Weekndning oltinchi studiya albomi Hurry Up Tomorrow (2025) ning bosh singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Pharrell Williams, Mike Dean, Ojivolta va Jarrod „Twisco“ Morgan tomonidan prodyuserlik qilingan. Asar tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan va tijoriy jihatdan katta muvaffaqiyat qozongan: u AQShning Billboard Hot 100 chartida uchinchi, Billboard Global 200 reytingida esa sakkizinchi oʻringacha koʻtarilgan hamda 15 ta mamlakatda kuchli oʻntalikka kirgan. 2025-yil 9-mayda chiqqan remiks versiyada amerikalik repper Doechii ham ishtirok etgan.

Tarixi va targʻib The Weeknd va Playboi Carti ilk bor amerikalik qoʻshiqchi Madonna bilan birgalikda yozilgan „Popular“ qoʻshigʻida hamkorlik qilishgan. Ushbu trek dastlab The Idol serialining bekor qilingan saundtrek albomining bir qismi sifatida chiqarilgan edi. Hamkorlikdan soʻng, The Weeknd, u va Carti qoʻshiqda hamda yozuv jarayonlarida birgalikda yaratgan ishini yuqori baholadi. 2024-yil 26-avgust kuni Playboi Carti oʻzining Instagram sahifasida The Weeknd bilan FaceTime orqali suhbatlashayotgan suratini joylashtirib, ikkinchi hamkorlikka ishora qilgan.

7-sentabr kuni Braziliyaning São Paulo shahrida boʻlib oʻtgan bir kechalik konsertida The Weeknd oʻsha paytda hali chiqmagan Hurry Up Tomorrow albomidan sakkizta qoʻshiqni ijro etdi. Ular orasida „Timeless“ning jonli ijrosi va Travis Scott hamda Cartining „Fein“ qoʻshigʻi bilan The Weekndning „Until I Bleed Out“ trekini birlashtirgan medley ham bor edi. Konsertdan soʻng The Weeknd albomning bosh singli sifatida taqdim etilishi moʻljallangan „Dancing in the Flames“ qoʻshigʻini taqdim etdi. 25-sentabr kuni u „Timeless“ klipidan olingan kadrni ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi va qoʻshiq 27-sentabr kuni albomning ikkinchi singli sifatida chiqishini ham tasdiqladi.

Albom chiqarilganida Hurry Up Tomorrow tarkibidan „Dancing in the Flames“ qoʻshigʻi chiqarib tashlanib, uning oʻrniga „Timeless“ albomning bosh singli sifatida qayta ishlanib kiritilgani ayon boʻldi. Singlning muqovasida qirol Baldwin niqobini kiygan erkak tasviri mavjud boʻlib, ustida „Timeless“ yozuvi mavjud.

U shuningdek WWE WrestleMania 41 ning rasmiy qoʻshigʻi sifatida ham xizmat qilgan boʻlib, The Weekndning ushbu har yillik tadbirning rasmiy qoʻshigʻi boʻlib xizmat qilgan ketma-ket oltinchi trekiga aylandi.

Tanqidiy qabul Chiqarilishi bilan „Timeless“ musiqiy tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan. Pitchfork nashridan Kieran Press-Reynolds qoʻshiqni „did bilan bajarilgan“ va „ortiqcha choklarsiz (silliq)“ tovushga ega deb maqtadi, qoʻshiqning asosiy qismi – „Ever since I was a jit, knew I was the shit“ni misol keltirib, uni „kosmik atmosferaga ega lounge musiqali va oson esda qoladigan qoʻshiq satrlariga ega“ qoʻshiq deb tavsiflagan. Biroq, u qoʻshiqning „chuqur darajada ishlab chiqilgan“ prodyuserlik ishi va trekning taqdim etilish vaqtini tanqid qildi, shuningdek, qoʻshiq nomiga qaramay, ikkala ijodkor ham shuhratlari abadiy davom etmasligini tushunib yetganlarini taʼkidladi.

Qoʻshiq dastlab oʻrtacha muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, Hurry Up Tomorrow albomi chiqarilishi bilan uning mashhurligi, strimlari va sotuvlari soni ortdi. U Hindiston va Gretsiya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, Daniya, Avstriya, Kanada, Islandiya, Germaniya, Norvegiya, Polsha, Malayziya, Shveysariya va Yangi Zelandiyada oʻntalikka; Shvetsiya, Avstraliya, Fransiya, Vengriya, Yaponiya va Singapurda yigirmatalikka, Niderlandiyada oʻttizlikka, va Belgiya hamda Italiyada elliktalikka kirdi.

Mukofotlar +"Timeless"ning mukofot va nomzodliklariMukofotYilNominatsiyaNatijaMTV Video Music Awards2025Yil klipi Yil qoʻshigʻi Yil R&B klipi

Musiqiy klipi Musiqiy video singl chiqarilishidan ikki kun oldin eʼlon qilingan; klipdan olingan kadr The Weekndning Instagram sahifasiga joylashtirilgan. Klipning oʻzi esa qoʻshiq chiqarilganidan uch kun oʻtib, The Weekndning YouTube kanalida taqdim etildi. Video Gunner Stahl va LouieKnows tomonidan suratga olingan, ular ilgari Playboi Carti bilan tez-tez hamkorlik qilgan, prodyuserlikni Sands kompaniyasi amalga oshirgan. Videoda ikkala musiqachi qorongʻu, qora rang bilan chala yoritilgan sahnada yosh ayollar bilan birga qoʻshiqni ijro qilayotgani tasvirlangan, qisqa muddatga esa avvalgi albom After Hours „Doʻzax“ (Ilohiy komediya asarining birinchi qismi) sifatida koʻrsatiladi.

Klip 2025-yilgi MTV Video Music Awards mukofotida „Yilning eng yaxshi klipi“ nominatsiyasiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Remiks

„Timeless“ qoʻshigʻining remiksi, amerikalik repper Doechii ishtirokida, 2025-yil 9-mayda chiqarildi. Ushbu remiks Hurry Up Tomorrow filmini targʻib qilish maqsadida taqdim etildi. Remiksda The Weekndning ijrosi mavjud emas, faqat Playboi Cartining ovozi saqlangan.

Treklar roʻyxati

Digital / streaming single

„Timeless“ (with Playboi Carti) – 4:16

Digital / streaming single

„Timeless“ (with Playboi Carti) [Remix] – 3:48 „Timeless“ (with Playboi Carti) – 4:16 „Timeless“ (with Playboi Carti) (instrumental) – 4:16

Jamoa Maʼlumotlar Tidaldan olingan.

The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi, klavishlar Playboi Carti – vokal, qoʻshiq muallifi Mike Dean – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi, miksing, sintezator, mastering, studiya xodimi Ojivolta – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi Pharrell Williams – prodyuser, qoʻshiq muallifi, miksing, studiya xodimi Twisco – qoʻshimcha prodyuserlik ishlari, qoʻshiq muallifi Gozshu – qoʻshiq muallifi Devon „Lawson“ Chisolm – qoʻshiq muallifi Jarrod „Twisco“ Morgan – qoʻshiq muallifi Kobe „BbyKobe“ Hood – qoʻshiq muallifi Mark Williams (Oji) – qoʻshiq muallifi Raul Cubina (Volta) – qoʻshiq muallifi Tariq „BL$$D“ Sharrieff – qoʻshiq muallifi Tommy Rush – miksing yordamchisi, studiya xodimi Sage Skolfield – qoʻshimcha miksing ishlari, muhandis, studiya xodimi Mike Larson – muhandis, studiya xodimi Marcus Fritz – vokal miksingi, studiya xodimi

Chartlar

Haftalik chartlar + „Timeless“ning haftalik chartlardagi oʻrni Chart (2024–2025) Eng yuqorioʻrin Hip Hop/R&B (ARIA) 1 (IFPI) 2 International (IFPI) 1 International (IMI) 1 (Tónlistinn) 9 (TOSAC) 5 Download (Circle) 154 CHR/Top 40 (Billboard) 39 Streaming (LaIPA) 1 Airplay (Lebanese Top 20) 18 (AGATA) 2 (Billboard) 3 (Billboard) 17 International (RIM) 10 MENA (IFPI) 3 (TurnTable Top 100) 57 (Polish Streaming Top 100) 7 (Billboard) 9 (IFPI) 8 (RIAS) 12 International Airplay (Radiomonitor Türkiye) 4 (Billboard) 16 Hot Overseas (Billboard Japan) 13

Yillik chartlar + „Timeless“ning yillik chartlardagi oʻrni Chart (2024) Oʻrin Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 93 Hip Hop/R&B (ARIA) 44 (Schweizer Hitparade) 90

Manbalar

Turkum:2024-yil singllari Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Playboi Carti qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari