Konstantin Mixaylovich Genich (; 1978-yil 3-yanvarda tugʻilgan) – rossiyalik sobiq professional futbolchi. U TV futbol sharhlovchisi va Bukmekerlar reytingi jurnali eksperti.
Futbolchilik faoliyati Olti yoshida Moskvaning Dinamo futbol klubi akademiyasida futbol oʻynay boshlagan. Akademiyadagi faoliyati davomida ikki oyogʻi singan. Toʻqqiz yoshida u Moskvaning „Spartak“ yoshlar akademiyasiga oʻtgan. Keyinchalik „Spartak“ning oʻrinbosar jamoasi va Moskvaning „Monolit“ klubida Uchinchi ligada oʻynagan. 1995-yilda u Lyubertsining Torqmash klubida ham oʻynagan.
„Spartak“ning asosiy tarkibiga kira olmay, 1998-yilgi mavsumni Latviyaning „Ventspils“ klubida oʻtkazib, Rossiyaga qaytgan. Keyingi ikki yarim mavsumda u „Ximki“ jamoasida oʻynagan va 2000-yilda klubni birinchi divizionga chiqishga yordam bergan. Oʻsha yili u „Markaziy“ zonada eng yaxshi toʻpurarga boʻlgan (18 gol) va Rossiya kubogida toʻrtta gol kiritgan.
U 2001-yilning 7-aprelida „Ximki“ safida „Shinnik Yaroslavl“ jamoasiga qarshi oʻyinda Rossiya milliy ligasida debyut qilgan. FNLda Ximki va Permning Amkar klublarida uch mavsum oʻynagan.
2001-yil oxiriga kelib Pskov-2000 jamoasiga qoʻshilgan. Ikki marta yuqori divizion klublari „Saturn Ramenskoye“ (1999—2000) va Moskvaning „Torpedo“ (2000—2001) klublari bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgan, ammo yakunda bu jamoalarga oʻtmagan.
2002-yil boshida u Isroilning „Makkabi Ahi Nazaret“ klubida oʻynagan va undan oldin Permning „Amkar“ jamoasiga oʻtgan. 2003-yil 1-noyabrda u Voronejning „Fakel“ klubi darvozasiga ikkita goldan birini kiritib, „Amkar“ning 2004-yilgi mavsumda Premyer-ligaga chiqishini taʼminlagan. 2004-yil 19-may kuni Genich Tulaning „Arsenal“ klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini chogʻida yassi yerda sirgʻalib ketganidan soʻng oʻzaro bogʻlamini yirtib olib, faoliyatini yakunlashiga sabab boʻlgan jarohat oldi. U hech qachon „Amkar“ tarkibida Premyer-ligada maydonga tushmagan va 2006-yil boshida faoliyatini yakunlagan.
Mediadagi faoliyati 2006-yilda Genich oʻz faoliyatini NTV Plus Sport telekanalida jurnalist va sport boshlovchisi sifatida boshlagan va 2015-yilgacha ishlagan. U MatchTV telekanaliga televizion futbol sharhlovchisi hamda Rossiya va Ispaniya futboli boʻyicha ekspert sifatida oʻtgan.
2011-yil fevraligacha u Sport FM-da Vne igry (Offside) radio-shousini olib borgan va 2013-yilda yana stansiyaga qaytgan.
2013-yil 14-avgustda Shimoliy Irlandiya va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinida, Birinchi kanalda sharhlovchi sifatida debyut qilgan. 2014-yilda u FIFA Jahon chempionati va Spartak Moskva klubining Otkritiye Arena stadionidagi ochilish oʻyinini hamda 2014-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini sharhlab borgan.
2015-yilda u sharhlovchi Georgiy Cherdansev bilan birga FIFA 16 video oʻyini uchun sharxlovchilik qilgan va Argentinaning Metegol (2013) animatsion filmining dublyaj qismida qatnashgab. U, shuningdek, 2018-yilgi CTS teleserialida oʻzinig hayotini roʻl sifatida oʻynagan.
2015-yilning noyabr oyidan beri u Match TVda ishlagan, Fransiyadagi UEFA Yevro-2016 va Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatini sharhlagan. 2019-yil 5-dekabrda u Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan televideniye orqali berilgan savol-javobda Match TV vakili sifatida ishtirok etgan.
U YouTubeʼdagi „Comment“ shousining doimiy ishtirokchisi. Shou davomida Nobel Arustamyan, Roman Gutzeit va Denis Kazanskiy bilan birga oʻyinchilar va murabbiylar taklif qilib futbolni muhokama qilishadi.
2023-yil aprel oyida u Media ligasida ishtirok etuvchi Match TV futbol jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan, 2024-yilning iyun oyida bu lavozimni tark etgan.
Tanqid 2024-yil 14-iyul kuni Genich va Dmitriy Shnyakin Match TV uchun UEFA Yevro 2024 finalini sharhlashdi. Tanaffusda jurnalist Aliona Doletskaya Telegram’da ularni tanqid qilib, shunday deb yozdi: „Iltimos, Genich va Shnyakin sharhlovchilarini ishdan boʻshatinglar – bu futbolga isnod, rus tiliga haqorat va tinglovchilar qulogʻiga ozor keltirayotgan sharmandalikdir“. U, ayniqsa, oʻyinchilarning „Ermes sandalidagi qariya“, „ananas bosh“ va „makaron soch turmagi“ kabi haqoratli laqablarini keskin qoralagan. IIqtisodchi Nikita Krichevskiy tanqidlarga qoʻshilib, muxlislar „ogʻzaki axlatdan“ qochish uchun pullik efirga oʻtganini taʼkidladi. Genich kinoyali ohangda shunday javob qaytardi: „Nam yertoʻladagi sichqonlar ustida bosh qotirish – mayda gaplik. Bu ulugʻ xonimning oldida hech nima emas“. U efirni „oliy darajada“ deb himoya qilib, TEFI mukofotini qoʻlga kiritishini bashorat qilgan.
Shaxsiy hayot Ikki marta turmush qurgan, uning birinchi nikohidan bir oʻgʻli va ikkinchisidan ikki qizi, Mariya va Anna (b. 2013) bor.
2024-yil yanvar oyida sport oʻyinlarida pul tikish ortidan 15-20 million rubl yoʻqotganini tan olgan, ammo qimor oʻyinlariga qaramlik bilan kurashayotganini rad etgan.
Yutuqlari
Rossiya ikkinchi divizioni zonasi markazi toʻpurari: 2000 (18 gol)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha YouTuberlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Ventspils futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:FC Spartak-2 Moskva futbolchilari Turkum:FC Torgmash futbolchilari Turkum:FC Monolit futbolchilari Turkum:Maccabi Ahi Nazareth F.C. futbolchilari Turkum:FK Mashinostroitel Pskov futbolchilari Turkum:FC Amkar Perm futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik jurnalistlar Turkum:Rossiyalik sport jurnalistlari Turkum:Futbol jurnalistlari Turkum:Futbol sharhlovchilar Turkum:Rossiyalik futbol sharhlovchilar Turkum:Rossiyalik sport sharhlovchilar Turkum:Rossiyalik YouTuberlar Turkum:Match TV telekanali boshlovchilari