Küçük Hüseyin posho (1757 – 1803-yil 7-dekabr), shuningdek, Tayazade Damat Küçük Hüseyin posho nomi bilan tanilgan, Usmoniylar davlat arbobi va admiral. 1792-yil 11-martdan 1803-yil 7-dekabrgacha Usmoniylar dengiz flotining oliy sarkardasi Kapudan posho lavozimida xizmat qilgan. Usmoniylar malikasi Esma Sultonga uylangach, Usmoniylar sulolasiga damat („kuyov“) boʻlgan.

Poshoning kelib-chiqishi gruzinlardan boʻlgan. Küçük Hüseyin posho dastlab Oʻrta yer dengizi qaroqchilariga, keyinchalik esa Fransuz inqilobiy urushlari davrida Usmoniylar floti boshida turib jang qilgan. Posho Aleksandriya kapitulyatsiyasi (1801) bitimini imzolagan shaxslar orasida ham boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1757-yilda tug‘ilganlar Turkum:1803-yilda vafot etganlar Turkum:Kapudan poshlar Turkum:Fransuz inqilobiy urushlari davridagi Usmoniylar harbiy rahbarlari Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi gruzinlar Turkum:Damatlar