Şemʼi (1591-yilda vafot etgan) – Şemʿullah Mustafo ibn Mehmed, Usmoniy turk tarjimoni va fors adabiyoti asarlari sharhlovchisi. Mashhur fors adiblari Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy va Jomiy asarlariga sharhlar yozgan.

Uning bir qancha sharhlari sulton Murod III (1574–1595) hukmronligi davrida yuqori martabali saroy aʼzolari uchun yozilgan. 1587-yil fevral oyida Murod III Şemʼiga Rumiyning olti jildli "Masnaviy" asariga usmoniy turk tilida sharh yozishni buyurgan. Sulton Murod Şemʼining "Masnaviy" asariga yozgan sharhiga homiylik qilishi bu asarning turk oʻquvchilari orasida kengroq tarqalishiga sabab boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1591-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi yozuvchilari Turkum:Sharhlovchilar Turkum:Usmoniylar imperiyasi turklari Turkum:Turk tiliga tarjimonlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi tarjimonlari