Transmashxolding (TMX) – temir yoʻl va shahar temir yoʻl transporti uchun harakatlanuvchi tarkibning yirik loyihachisi va ishlab chiqaruvchisi.

Xoldingning bosh qarorgohi Moskvada joylashgan.

Tarix „Transmashxolding“ 2002-yilda temir yoʻl texnikasiga ixtisoslashgan sobiq sovet zavodlari faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish bilan shugʻullanuvchi investitsiya-sanoat kompaniyasi sifatida tashkil etilgan.

TMX tarkibiga birinchi boʻlib Bryansk, Novocherkassk, Demixovo, Tver va Penza korxonalari kirdi.

2024-yilda „Transmashxolding“ tarkibiga 10 dan ortiq ishlab chiqarish va yigʻish maydonchalari, temir yoʻl texnikasiga xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish boʻyicha yirik tarmoq hamda muhandislik markazlari tarmogʻi kirdi.

Sanoat guruhi xodimlarining umumiy soni – 100 000.

Faoliyat

„Transmashxolding“ kompaniyasi turli xildagi harakatlanuvchi tarkiblarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ularga kompleks xizmat koʻrsatish, shuningdek, harakatni boshqarishning raqamli tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bilan shugʻullanadi.

thumb

Xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar lokomotiv vagonlari, metro vagonlari, teplovozlar va elektrovozlar, elektr va dizel poyezdlari, dizel dvigatellari, turli xil butlovchi qismlar ishlab chiqaradi.

Turli yillarda TMX Rossiya transport mashinasozligi tarixida muhim bosqich boʻlgan harakatlanuvchi tarkib namunalarini yaratdi va ishlab chiqarishni tashkil etdi Postsovet Rossiya transport mashinasozligi tarixida birinchi magistral yuk teplovozlari 2TE70 va 2TE25K (2004) Postsovet Rossiya transport mashinasozligi tarixida birinchi magistral doimiy tokli yuk elektrovozi 2ES4K (2006) Rossiya transport mashinasozligi tarixida asinxron tortish yuritmasiga ega boʻlgan birinchi magistral yuk teplovozi 2TE25A (2006) Rossiya transport mashinasozligi tarixida birinchi tezkor ikki tizimli yoʻlovchi elektrovozi EP20 (2011) Postsovet transport mashinasozligi tarixida birinchi ikki qavatli yoʻlovchi vagonlari 61-4465, 61-4465.01, 61-4472, 61-4473 modellari (2013) Rossiya transport mashinasozligi tarixidagi eng kuchli oʻzgaruvchan tokli magistral yuk elektrovozi 4ES5K (2014) Rossiya transport mashinasozligi tarixidagi birinchi bir qavatli va ikki qavatli yoʻlovchi vagonlari (2019-2020) Postsovet Rossiya transport mashinasozligi tarixidagi birinchi oʻzgarmas tokli manyovr elektrovozi EMKA2 (2023).

thumb|left

"„Transmashxolding“ Rossiya va MDH mamlakatlari metropolitenlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Xususan, “Metrovagonmash” zavodi Moskva metropoliteni uchun “Moskva” turkumidagi poyezdlarni ishlab chiqaradi. 2025-yil oxirida MVM “Moskva-2026” (81-775.2/776.2/777.2) seriyali poyezdlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Sankt-Peterburg metropoliteni uchun poyezdning ikkinchi modifikatsiyasi – “Baltiyets 2” (81-725.2/726.2/727.2) modelini yetkazib bermoqda.

Shuningdek, Minsk metropoliteniga ham poyezdlar yetkazib berilmoqda, TMH u yerga “Minsk-2024” (81-765.7/766.7) nomli poyezdlarni jo‘natadi.

thumb

Transmashxolding“ning yana bir yirik loyihasi – shahar ichi va shahar atrofida yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan „Ivolga“ elektropoyezdi (EG2TV / EGE2TV). Elektr poyezdlar Tver vagonsozlik zavodida ishlab chiqariladi. Tarkib Moskva markaziy diametrlari uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Bugungi kunga qadar elektropoyezdlarning 4 avlodi ishlab chiqarilgan.

Transmashxolding mahsulotlarini yetkazib berish geografiyasi 30 ga yaqin mamlakatni qamrab oladi.

Kompaniyaning xalqaro mukofotlari “Magistral Awards 2025” mukofotining “Ishonchli xalqaro hamkor” va “Xalq tanlovi” nominatsiyalari g‘olibi. Minsk-2024 poyezdlari uchun magistral Awards Moskva 2024 metro poyezdi uchun AʼDesign Award 2024 TEM23 lokomotivi uchun 2022 Good Design IF Design Award 2022 tungi yoʻlovchi poyezdi interyeri uchun IF Design Award 2021 Brend DNK konsepsiyasi uchun Red Dot: Moskva-2020 metro poyezdi uchun 2021-yilning eng yaxshisi (Best of the Best 2021) IRJ Innovations Showcase 2020 havoni zararsizlantirish va past shovqinli iqlim nazorati tizimi uchun

Kompaniya haqida maʼlumot 2025-yilda mahsulotlarni sotishdan tushgan daromad – 504,8 mlrd rubl. 2025-yilda mahsulotlarni sotish tannarxi – 416,3 mlrd rubl (2024-yilga nisbatan +1 %). 2025-yilda lokomotivlar savdosi – 122,7 mlrd rubl (2024-yilga nisbatan -23 %). 2025-yilda motorvagonli harakat tarkibi savdosi – 82,9 mlrd rubl (2024-yilga nisbatan +21 %), Lokomotiv tortish kuchiga ega yo‘lovchi vagonlari savdosi – 84,9 mlrd rubl (2024-yilga nisbatan +9 %). Metro vagonlarini sotishdan tushgan daromad – 59,4 mlrd rubl (+1 %). Servis xizmatlarini ko‘rsatish – 78,9 mlrd rubl (2024-yilga nisbatan +36 %).

Manbalar

Havolalar

Turkum:Rossiya kompaniyalari