Ramin Rezaeian Semeskandi ( 1990-yil 21-martda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, „Esteghlal“ klubi va Eron milliy terma jamoasi himoyachisi.
U faoliyatini oʻng qanot himoyachisi sifatida boshlagan boʻlsada bir necha oʻyinlarda qanot vingeri pozitsiyasida ham toʻp surgan. Rezaeian 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi davomida bosh murabbiy Karlos Keyrush tomonidan terma jamoasining asosiy oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirilgan. Tezligi va jismoniy tayyorgarligi bilan tanilgan futbolchi Eron futboli tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachilardan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Yoshligi Rezaeian Mozandaron viloyati, Sari tumaniga qarashli Semes Kandeh-ye Olya qishlogʻida tugʻilgan.
Klublardagi karyerasi Saba Qom Rezaeian 2013-yilgacha „Saba Qom“ jamoasida oʻtkazgan. U klub safida jami 98 ta oʻyin oʻtkazib, yetti ta gol muallifi boʻlgan.
Rah Ahan Rezaeian 2013-yilda Tehronning „Rah Ahan“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2014–2015-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli oʻyinlari ortidan u liganing eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan va milliy jamoadan ham chaqiruv olgan. 2015-yil 3-aprelda Rezaeian jamoadagi debyut golini „Persepolis“ga qarshi (2:2) uchrashuvda kiritgan. Ikki haftadan soʻng, 17-aprelda boʻlib oʻtgan „Esteghlal Khuzestan“ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bahsda dubl qayd etgan.
Persepolis Rezaeian 2015-yil 27-iyunda „Persepolis“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi ilk golini „Siah Jamegan“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritgan. 2015-yil 26-dekabrda Rezaeian „Padideh“ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida 30 yard masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirib jamoasining 2:2 hisobidagi duranggini taʼminlab bergan. 2016-yil yozida Turkiya Superligasining „Rizespor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan boʻlsa-da, Rezaeian keyinchalik bu kelishuvni bekor qildi va yana „Persepolis“ga qaytgan.
Oostende „Persepolis“ning asosiy raqibi „Esteghlal“ klubidan kelgan taklifni rad etganidan soʻng, Rezaeian 2017-yil 9-iyulda tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgach, Belgiyaning „K.V. Oostende“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ramin oʻzining debyutini 2017-yilning 27-iyulida Yevropa Ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasidagi Fransiyaning „Olympique de Marseille“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Uchrashuv 4:2 hisobida fransuzlar foydasiga yakunlandi va Rezaeian bu bahsda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Al Shahaniya 2018-yilning 6-noyabrida Rezaeian Qatar Yulduzlar Ligasi vakili „Al Shahaniya“ klubi tarkibiga borib qoʻshildi. 8-noyabr kuni u klubdagi ilk oʻyinida „Al-Duhail“ga qarshi bahsda jarima toʻpini aniq amalga oshirib oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. 23-noyabr kuni esa u jamoa tarkibidagi ikkinchi oʻyinida „Al Kharaitiyat“ga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan oʻyinda jamoaning yagona goliga assistentlik qildi.
Al-Duhail 2020-yilning 22-avgustida Rezaeian Qatar Yulduzlar Ligasi chempioni „Al-Duhail“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Al-Sailiya „Al-Duhail“dagi murabbiy almashinuvidan soʻng, Rezaein „Al-Sailiya“ jamoasiga ijaraga berildi.
Persepolis 2022-yil 12-fevralda Rezaeian Fors ko‘rfazi Pro ligasi chempioni „Persepolis“ bilan shartnoma imzoladi.
Sepahan 2022-yil 15-iyulda Rezaeian Fors ko‘rfazi Pro ligasi vakili "Sepahan" bilan shartnoma imzoladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Saba Qom F.C. futbolchilari Turkum:Rah Ahan Tehran F.C. futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:K.V. Oostende futbolchilari Turkum:Al Shahaniya SC futbolchilari Turkum:Al-Duhail SC futbolchilari Turkum:Al-Sailiya SC futbolchilari Turkum:Sepahan S.C. futbolchilari Turkum:Esteghlal F.C. futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Eronlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari