Chelebiy Sulton Mehmed masjidi (; ), shuningdek, Boyazid masjidi (), Buyuk masjid (; ) deb ham ataladi, XV asr boshlarida Gretsiyada bunyod etilgan Usmoniylar masjidi.
Qurilish tarixi XVII asr Usmoniy sayohatchisi Avliyo Chalabiy tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, masjid sulton Boyazid I (1389–1402) hukmronligi davrida qurila boshlagan, biroq Anqara jangida sulton vafot etgani, shundan soʻng yuzaga kelgan tartibsizliklar sabab qurilish toʻxtab qolgan. Qurilish ishlari sulton Mehmed I (1413–1421) hukmronligi davrida davom ettirilgan, ishlar 1420-yil mart oyida yakunlangan va masjid foydalanish uchun ochilgan. Bu haqida masjidga asosiy kirish qismi ustidagi yozuvda qayd etilgan. Yon tomondan kirish qismi ustidagi ikkinchi yozuvda meʼmor Ivaz ibn Bayezid, quruvchi Dogan ibn Abdulloh va mahalliy qozi Seyid Ali qurilish ishlarini nazorat qilgani koʻrsatilgan.
Tuzilishi Masjid kvadrat shaklida qurilgan boʻlib, devorlar bilan birga har bir tomoni taxminan 30–32m. Masjidning tashqi devorlari ohaktosh bloklari bilan qoplangan, devor qalinligi taxminan 2.2–2.7m. 2 ta deraza qatori mavjud. Asosiy kirish qismi janub tomonda, qoʻshimcha eshiklar sharq va gʻarb tomonlarda joylashgan.
Masjid devorlari Qur’ondan iqtiboslar, duo va iltijolar bilan bezatilgan. Minora janubi-sharqiy burchakda joylashgan. Uning yuqori qismi 1912-yilda Birinchi Bolqon urushi davrida hudud Bolgariya tomonidan egallab olingan vaqtda buzilgan va Avliyo Yorgiga bagʻishlangan cherkovga aylantirilgan, ammo 1913-yilda turklar shaharni qaytarib olganida qayta qurilgan. Shu vaqtda minoraga qoʻshib ikkinchi balkon qoʻshib qurilgan.
Ahmiyati va saqlanishi
Gretsiya hukumat rasmiylari masjidni nafaqat Gretsiyada, balki Yevropadagi eng muhim musulmon yodgorliklaridan biri, ayniqsa, Yevropa yerlaridagi eng qadimiy masjidlardan biri deb hisoblashadi. Masjid 1946-yildan buyon muhofaza qilinadigan yodgorlikdir.
Gretsiyadagi Usmoniylar meʼmorchiligi boʻyicha tadqiqotchi A. Bakirtzisning fikriga koʻra, XV asr boshlarida eman yogʻochidan yasalgan tom „dunyodagi eng muhim yogʻoch yodgorliklardan biri“ hisoblanadi.
Bino jiddiy taʼmirga muhtoj boʻlib, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzilaga nisbatan yaroqsiz hisoblangan. Nihoyat, 2010-yil 23-noyabrda Markaziy arxeologiya kengashi taʼmirlash ishlarini qayta boshlashga qaror qilgan, mablagʻ milliy manbalar va Yevropa Ittifoqi moliyalashtirish dasturlari orqali taʼminlangan.
2017-yil 22-mart tongida tomni taʼmirlash ishlari davomida masjidda yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin bir necha soat ichida oʻchirilgan, lekin tom butunlay vayron boʻlgan. Masjidning ichki makoni va devorlarga qanchalik zarar yetgani nomaʼlum.
2022-yil fevralda masjid Gretsiya ekstremistlari tomonidan hujumga uchragan va islomofob bannerlar osilgan. Bannerlarda „Evrosdagi islomlashtirish darhol toʻxtatilishi kerak“ deb yozilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yevropada 1420-yilda tashkil topgan binolar Turkum:Usmoniylar imperiyasida 1420-yillarda tashkil topgan binolar Turkum:1420-yilda qurilgan binolar va inshootlar Turkum:1420-yillarda qurilgan masjidlar Turkum:Gretsiyadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Gretsiyadagi sobiq masjidlar Turkum:Gretsiyadagi 15-asr masjidlari Turkum:Usmoniylar Frakiyasi Turkum:G‘arbiy Frakiyada Usmoniylar me’morchiligi Turkum:Boyazid I Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasidagi masjidlari