Isfahon universiteti (UI; , romanizatsiyasi: Dāneshgāh-e Esfahān) – Eronning Isfahon ustonida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasi. Universitetning bosh kampusi Isfahonning Azadlik (Azadi) maydonida joylashgan boʻlib, yana bir filial kampusi Xonsor shahrida faoliyat yuritadi.
Isfahon universiteti 71 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavriat, 185 ta yoʻnalish boʻyicha magistratura hamda 119 ta yoʻnalish boʻyicha doktorantura dasturlarini taklif etadi. Tarixi Isfahon universiteti 1946-yilda tashkil etilgan. Universitetni tashkil etish gʻoyasi dastlab 1939-yilda Amin shifoxonasining bir guruh shifokorlari tomonidan ilgari surilgan. Nihoyat, 1946-yilda shifoxona boshqaruvi Isfahon oliy tibbiyot instituti tashkil etish rejasini maʼqulladi. Oʻsha yilning sentyabr oyida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimi, dotsent doktor Jelve tomonidan imzolangan eʼlon mahalliy gazetalar orqali tarqatilib, abituriyentlar yangi institutga hujjat topshirishga chaqirildi.
Dastlabki mashgʻulotlar Saʼdiy oʻrta maktabida (hozirgi Surah instituti) oʻtkazilgan. Birinchi darslar 1950-yil 29-oktyabrda boʻlib oʻtgan. 1985-yilda tibbiyot yoʻnalishlari ajratilib, Isfahon tibbiyot fanlari universiteti alohida taʼlim muassasasi sifatida tashkil etildi. Fakultetlari 2020-yil holatiga koʻra universitet tarkibida quyidagi oʻn toʻrt fakultet faoliyat yuritgan: Maʼmuriy fanlar va iqtisodiyot fakulteti Biologiya fanlari va texnologiyalari fakulteti Kimyo fakulteti Fuqaro muhandisligi va transport fakulteti Kompyuter muhandisligi fakulteti Taʼlim va psixologiya fakulteti Muhandislik fakulteti Chet tillar fakulteti Geografiya fanlari va rejalashtirish fakulteti Adabiyot va gumanitar fanlar fakulteti Matematika va statistika fakulteti Fizika fakulteti Sport fanlari fakulteti Ilohiyot va Ahl al-Bayt (Payg‘ambar avlodlari) tadqiqotlari fakulteti Prezidentlar
Prezident Muddat Mehdi Namdar 1958–1961 Mohammad Riahi 1961–1962 Qasem Motamedi 1967–1976 Mohammad Ali Tusi 1977–1979 Gholamabbas Tavassoli 1979–1980 Mohammad Ali Shahzamanian 1980–1981 Akbar Shah Mohammadi 1981–1982 Seyed Morteza Saghaiannejad 1982–1985 Hassan Razmjoo 1985–1997 Hooshang Talebi 1997–2005 Mohammad Hossein Ramasht 2005–2013 Hooshang Talebi 2013–2021 Hossein Harsij 2021–2025 Rasool Roknizadeh 2025–hozirgacha Mashhur bitiruvchilari Nusrat Butto – Pokistonning sobiq birinchi xonimi. Faride Firo‘zbaxt – matematik olima. Muhammad Xotamiy – Eronning sobiq prezidenti. Ato‘ullo Muhajeroni – Eronning sobiq madaniyat vaziri. Hushang Gulshiri – nasr yozuvchisi, adabiy tanqidchi va muharrir. Hrant Markaryan – Arman inqilobiy federatsiyasi rahbari. Fotima Shayan – siyosatshunos, Xalqaro Farobiy mukofotining 10-marta sovrindori.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Isfahon universiteti