Aleksandre „Aleko“ Andronikashvili () – gruziyalik futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining Andijon klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Andronikashvili Gruziyaning barcha yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Klub Andronikashvili oʻz faoliyatini Meore Liga jamoasining 35-futbol maktabida boshlagan. 2017-yil yanvar oyida Lokomotiv bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Aleko kattalar jamoasida debyutini 20-iyun kuni Chixura jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
Lokomotivdagi olti yillik faoliyati davomida Andronikashvili ikki marta milliy kubokni qoʻlga kiritishga yaqin edi, ammo ikkala safar ham uning jamoasi finalda magʻlub boʻlgan. 2020-yilda oʻzining Yevropa musobaqalaridagi birinchi oʻyinini Ruminiyaning „Universitatea“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
2023-yil fevral oyida Andronikashvili Erovnuli Ligasida koʻtarilgan „Shukura“ga oʻtgan, ammo bir necha oydan soʻng yanada yuqorin o'rinlar uchun kurashuvchi „Dila“ jamoasiga o'tgan. Xuddi shu yozda UEFA Konferensiyalar ligasining uchta oʻyinida ishtirok etgan.
2024-yilda Andronikashvili 30 ta liga oʻyinida maydonga tushgan va jamoasining ligada kuchli uchlikka kirishida yordam bergan.
Terma jamoa Andronikashvili 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Aleko 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida koʻp oʻyin oʻtkazgan va 2021-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralashining oltita oʻyinida ishtirok etgan.
Statistics
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar35-e skola 2014–15 Meore Liga 140–––140 2015–16 Meore Liga 244–––244Total 384000000384Locomotive 2017 Erovnuli Liga 80–––80 2018 Erovnuli Liga 20–––20 2019 Erovnuli Liga 6021––81 2020 Erovnuli Liga 90101 0–110 2021 Erovnuli Liga 24030––270 2022 Erovnuli Liga 28111––292Total 771711000882 Locomotive B 2022 Liga 4–40––40 Shukura 2023 Erovnuli Liga 190–––190Dila 2023 Erovnuli Liga 111203 01 0171 2024 Erovnuli Liga 30210––312 2025 Erovnuli Liga 3383141214211Jami 74116171319014Umumiy faoliyat statistikasi 20816173813123621
Yutuqlari Dila
Gruziya kubogi sohibi: 2025 Erovnuli ligasida ikkinchi oʻrin sohibi: 2025
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Shukura Kobuleti futbolchilari Turkum:FC Dila Gori futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Tbilisi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Sportchilar