Yağız Kaan Erdoğmuş (2011-yil 3-iyunda tugʻilgan) — turkiyalik shaxmatchi, grossmeyster. Hayoti 2011-yilda Bursada tugʻilgan. 2019-yilda 8 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan. 2022-yilda FIDE ustasi darajasini qoʻlga kiritgan va shu yilning oʻzidayoq talablarni bajarib, Turkiyaning eng yosh xalqaro shaxmat ustasi (IM)ga aylangan.
Chessable Sunway Sitges shaxmat festivalida koʻrsatgan muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, grossmeystrlik talabini bajargan. Yağız Kaan 2024-yil 23—31-yanvar kunlarida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oʻtkazilgan Xalqaro shaxmat festivalining yoshlar oʻrtasidagi bahslari yakuniga ikki tur qolganda grossmeysterlikning 2-talabini bajargan.
2024-yil 1-aprel kuni Kaan Erdoğmuş Grenke open musobaqasida grossmeysterlikning soʻngi talabini bajarib, mazkur unvonni qoʻlga kiritgan. FIDE reytingiga koʻra Yağız faol shaxmatchilar orasida eng yosh grossmeyster deb eʼlon qilingan. Umumiy reytingga koʻra esa 4-eng yosh (12 yosh, 9 oy-u 29 kun) grossmeyster hisoblanadi. Yağız Kaan Erdoğmuş grossmeyster unvonini qoʻlga kiritganidan soʻng, Turkiyada grossmeysterlar soni 16 taga yetgan.
2025-yil 20-dekabrda FIDE tomonidan blits yoʻnalishida tashkil etilgan U9—U17 jahon chempionatida 15 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar Yağız Kaan Erdoğmuşning FIDE saytidagi sahifasi Turkum:Turkiyada tugʻilganlar