1188-yilda Salohuddin boshchiligidagi Ayyubiylar sultonligi Antioxiya knyazligi tasarrufidagi Bourzey qalʼasiga hujum qilib, qalʼani egallagan.
Qamal Bakas va ash-Shugʻur qal’alarini egallagach, Salohuddin qoʻshinini janubga, Orontes vodiysi tubidan 320 metr balandlikdagi choʻqqida joylashgan va salibchilar egallab olgan mashhur Vizantiya istehkomi Bourzey qalʼasi tomon yoʻnaltirdi. Salohuddin 1188-yil 20-avgustda qal’a oldiga yetib keldi. Qoʻshinining asosiy qismini Orontes daryosi boʻyida joylashtirdi va ertasi kuni hududni koʻzdan kechirishni boshladi. Shundan soʻng ikkilamchi hujum kuchlari va artilleriyasini qal’a bilan uning gʻarb tomonidagi tepaliklar orasidagi boʻyin qismida joylashgan tekislikka koʻchira boshladi.
Tarixchi Bahouddinning yozishicha, Ayyubiylar qal’ani qurshab olib, uni kun-u tun uzluksiz oʻqqa tutgan. Biroq Imoduddin Isfahoniyning taʼkidlashicha, bu bombardimon samarali boʻlmagan va natijada Salohuddin toʻgʻridan-toʻgʻri hujumlar amalga oshirishga majbur boʻlgan. Ibn al-Asirning bergan maʼlumotlar koʻra ikki kundan soʻng ham qal’ada Ayyubiylar artilleriyasining ayrim qismlarini yaqinlashtirishga imkon bergan mudofaa nuqtasi mavjud boʻlgan. Biroq himoyachilarning faol qarshi harakatlari sababli 22-avgust kuni trebuchetlar ishdan chiqarilgan.
23-avgust kuni Salohuddin hujumchi kuchlarini uch boʻlinmaga ajratdi. Har bir boʻlinma maʼlum vaqt jang qilib, soʻng dam olishi koʻzda tutilgan edi. Birinchi navbatchi boʻlinmaga sinjarlik Imoduddin Isfahoniy boshchilik qildi. Tush paytlariga kelib salibchilar oʻqlar va toshlar yordamida hujumning birinchi toʻlqinini muvaffaqiyatli qaytardilar. Biroq uchinchi va birinchi toʻlqin boʻlinmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ikkinchi hujumchi qoʻshin devorlarning gʻarbiy tomoniga koʻtarilib, salibchilarni chekinishga va qal’a ichidagi ichki istehkomda yashirinishga majbur qildi. Shu bilan birga, Orontes boʻyida lager qurib turgan Ayyubiylar qoʻshinining ayrim boʻlinmalari tik sharqiy yonbagʻirdan yuqoriga koʻtarilib, himoyachilarsiz qolgan sharqiy devorlardan oshib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Natijada ichki istehkomdagi salibchilar garnizoni taslim boʻldiD.S Richards, p. 350.
Salohuddin Bourzey qal’asining hukmdori Bohemond III ning rafiqasi Sibyllaning singlisiga uylangan shaxsni omon qoldirdi. Salohuddin qal’a hukmdorining rafiqasiga boʻlgan qarzdorligini inobatga olib, unga xotini va farzandlari bilan birga erkin holda hududdan ketishga ruxsat berdiHelen J. Nicholson, p. 68.
Oqibati Ushbu gʻalabadan koʻp oʻtmay, Salohuddin sentyabr oyida tampliyerlarning Trapessac va Bagras qal’alariga yurish qilib, ularni muvaffaqiyatli egallab oldiMarcus Graham Bull, Peter Edbury, Norman Housley, Jonathan Phillips, p. 189. Shundan soʻng, Salohuddin Safedni egalladi.
Manbalar
Adabiyotlar Michael S. Fulton, Artillery in the Era of the Crusades, Siege Warfare and the Development of Trebuchet Technology, p. 169-173
Helen J. Nicholson, Women and the Crusades, p. 68 Marcus Graham Bull, Peter Edbury, Norman Housley, Jonathan Phillips, The Experience of Crusading Vol II, p. 189
Turkum:1188-yil ziddiyatlari TUrkum:Antioxiya knyazligi ishtirok etgan janglar Turkum:Salibchilar qamallari Turkum:Salohuddin janglari Turkum:1180-yillar Ayyubiylar sultonligida Turkum:Ayyubiylar sultonligi ishtirok etgan qamallar