Nalandil xonim ( – „sevikli bulbul“ yoki „halol yurak“; 1823-yilda tugʻilgan – 1865-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasining sultoni Abdulmajid I ning xotini.

Hayoti Nalandil xonim 1823-yilda tugʻilgan. U Natuxay qabilasiga mansub cherkez malikasi boʻlgan. Otasi – shahzoda Çıpakue Natixu bey. Uning haram xazinadori Terbiye xonim ismli singlisi bor edi. Keyinchalik singlisi Xalil beyga turmushga chiqqan.

Nalandil xonim 1851-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va unga „Toʻrtinchi iqbol“ unvoni berilgan. 1851-yil 5-dekabrda u Eski Çırağan saroyida birinchi farzandi, qizi Seniha Sultonni dunyoga keltirgan. Seniha Sulton 1876-yilda Mahmud Jaloliddin poshoga turmushga chiqqan va ikki oʻgʻil koʻrgan. Uning katta oʻgʻli shahzoda Sabahaddin bey Yangi Usmoniylar jamiyatining asoschilaridan biri boʻlgan.

1852-yil oxiriga kelib, Nalandil xonim „Uchinchi iqbol“ unvoniga, 1853-yilda esa „Ikkinchi iqbol“ unvoniga koʻtarilgan. 1853-yil 20-martda u ikkinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulsamadni dunyoga keltirgan. Shahzoda 1855-yil 5-mayda 2 yoshida vafot etgan.

1854-yilda Nalandil xonim „Katta iqbol“ unvoniga koʻtarilgan. 1855-yil 1-martda Eski Beylerbeyi saroyida uchinchi farzandi, qizi Şehime Sulton tugʻilgan, biroq malika 1857-yil 21-mayda 2 yoshida vafot etgan.

Oʻlimi Abdulmajid 1861-yilda vafot etganidan keyin Nalandil xonim Feriye saroyiga joylashgan. 1865-yilda u sil kasalligidan vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidning sulton xonimlar maqbarasiga dafn etilgan. Uning mol-mulki qiziga berilgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilganligi Vafoti Izohlar Seniha Sulton 1851-yil 5-dekabr 1931-yil 15-sentabr bir marta turmushga chiqqan, ikki oʻgʻli boʻlgan Shahzoda Mehmed Abdulsamad 1853-yil 20-mart 1855-yil 5-may Yovuz Salim masjidiga dafn etilgan Şehime Sulton 1855-yil 1-mart 1857-yil 21-may Gülüstü xonim maqbarasiga dafn etilgan

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari Turkum:1865-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:Usmoniylar imperiyasida sil kasalligidan vafot etganlar