Sophie Jaques (2000-yil 16-oktabrda tugʻilgan) – Professional Ayollar Xokkey Ligasi (PWHL) Vancouver Goldeneyes jamoasi tarkibida oʻynovchi kanadalik professional xokkey himoyachisi. Bundan avval Minnesota Frost jamoasida oʻynagan va jamoa tarkibida 2 marta Walter kubogini qoʻlga kiritgan.
Yoshligi Jaques uch mavsum davomida Provincial Ayollar xokkeyi ligasidagi Toronto Jr. Aeros jamoasi safida oʻynagan va 78 ta oʻyinda 20 ta gol hamda 25 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirgan. Sportchi Aeros jamosiga 2016 va 2018-yillarda PWHL chempionati va Viloyat kubogini qoʻlga kiritishda yordam bergan.
Sport faoliyati Kollej Jaques oʻzining kollej talabalari oʻrtasidagi sport faoliyatini 2018–2019-yilgi mavsumda Ohio shtati Buckeyes jamoasida boshlagan. 1-kurs talabasi sifatida u 35 ta oʻyinda 5 ta gol va 16 ta golli uzatmani qayd etgan. Sportchi gol, golli uzatma va ochkolar boʻyicha barcha yangi xokkeychilar orasida yetakchi, mavsum davomida esa jamoa boʻyicha umumiy hisobda 6-oʻrinni egallagan.
2019–2020-yilgi mavsumda 2-kurslik paytida u 38 ta oʻyinda 9 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Sportchi konferensiya doirasida himoyachilar orasida ochkolar boʻyicha 3-oʻrinni egallagan, darvozaga yoʻllangan zarbalar boʻyicha 131 ta zarba bilan barcha himoyachilar orasida yetakchi boʻlgan. Shuningdek, 58 ta raqib zarbalarini toʻsib qolgan holda jamoada 2-oʻrinni qayd etgan. Mavsum yakunida sportchi All-WCHA Uchinchi jamoasi tarkibiga kiritilgan. 2020–2021-yilgi mavsum davomida sportchi 3-kurs boʻlgan. Oʻsha paytda u pandemiya tufayli qisqartirilgan mavsumda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani qayd etgan. Jaques barcha WCHA himoyachilari orasida 54 ta darvozaga yoʻllangan zarba, shuningdek, 33 ta raqib zarbasini toʻsib qolgan holda jamoada yetakchilikni qoʻlga kiritgan.
2021–2022-yilgi mavsumda sportchi 4-kursda oʻqiyotgan edi. U 38 ta oʻyinda 21 ta gol va 38 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, sportchi Buckeyes jamoasiga 2022-yilda ilk bor NCAA ayollar xokkeyi turniri chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. Yaxshi natijalar bilan yakuniga yetgan ushbu mavsumdan soʻng u All-WCHA Birinchi jamoasi tarkibiga kiritilgan va WCHA tomonidan „Yilning eng yaxshi himoyachisi“" deb topilgan.
2022–2023-yilgi mavsum chogʻida Jaques magistratura talabasi sifatida 39 ta oʻyinda 24 ta gol va 24 ta golli uzatmani qayd etgan. 2023-yil 24-fevralda u „Bemidji State“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining faoliyati davomidagi ilk xet-trikini qayd etgan. Ushbu mavsumdan soʻng u yana All-WCHA Birinchi jamoasi tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari WCHA tomonidan „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ va ketma-ket 2-yil „Yilning eng yaxshi himoyachisi“ deb topilgan.
Xalqaro oʻyinlar 2026-yil 9-yanvarda Jaques 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Kanada terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Ogayo shtati Bakays biografiyasi
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ontariolik sportchi ayollar Turkum:Walter kubogi chempionlari Turkum:21-asr kanadalik sportchi ayollar