Konul Oruj qizi Nurullayeva (1985-yil 1-dekabrda Bokuda tugʻilgan) – ozarbayjonlik ayol siyosatchi. Ozarbayjon Respublikasi Milliy Assambleyasining 6-chaqiriq parlament aʼzosi Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi (2009—2016), 2018-yildan beri ISSF Sportda gender tengligi qoʻmitasi aʼzosi, Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 2010-yilgi Vankuver va 2014-yilgi Sochi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari, „Boku 2020“ tashkiliy qoʻmitasi ijrochi direktori, „Boku 2017“ Islom birdamlik oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi kotibi, 2022-yildan beri Jahon alpagut federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (YeKPA) dagi Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzosi, Ozarbayjon—Xorvatiya ishchi guruhi rahbari. Parlamentlararo aloqalar, MDHga aʼzo davlatlar Yoshlar Parlamentlararo Assambleyasi rahbari.

Yoshlik yillari Konul Nurullayeva 1985-yil 1-dekabrda Bokuda tugʻilgan. 1992—2000-yillarda N. Tusi nomidagi oʻrta maktabda tahsil olgan. 2000—2003-yillarda 6-sonli oʻrta maktabda oʻqishni davom ettirgan va uni tamomlagan. 2003–2007-yillarda Ozarbayjon tillar universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil olgan va xalqaro munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2009-yilda shu mutaxassislik boʻyicha magistr darajasini imtiyozli diplom bilan olgan. 2019-yil sentyabr oyidan beri Shveysariya biznes institutida MBA dasturida tahsil olmoqda.

Faoliyat davri Milliy Assambleya (Milliy Majlis) 2020-yil 9-fevralda boʻlib oʻtgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining 6-chaqiriq parlament aʼzolari saylovida Konul Nurullayeva siyosiy jihatdan neytral nomzod sifatida 24-sonli Nizomiy tuman birinchi saylov okrugidan parlament aʼzosi etib saylangan. U Milliy Majlisning „Oila, ayollar va bolalar“ va „Yoshlar va sport“ qoʻmitalari aʼzosi, shuningdek, Ozarbayjon—Xorvatiya parlamentlararo aloqalari boʻyicha ishchi guruhi rahbari.

2020-yil aprel oyidan boshlab Konul Nurullayeva Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi (YeKPA) Ozarbayjon delegatsiyasi aʼzosi boʻlib, YEKPAning „Ijtimoiy munosabatlar, sogʻliqni saqlash va barqaror rivojlanish“ va „Tenglik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik“ qoʻmitalarida Ozarbayjonni himoya qiladi.

Yoshlar harakati Konul Nurullayeva 2005-yilda tashkil etilgan Ozarbayjondagi eng yirik yoshlar tashkilotlaridan biri boʻlgan „IRELI“ Umumxalq yoshlar harakati Maslahat kengashi aʼzosi edi. 2008-yilda u „IRELI“ jamoat birlashmasini qayta tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita raisi va yangi tashkilot boshqaruvi aʼzosi boʻlgan. Ozarbayjon Yoshlar parlamentining dastlabki aʼzolaridan biri sifatida u turli munozaralarda faol ishtirok etgan.

Sport sohasida ishlash Sport sohasidagi faoliyati davomida Konul Nurullayeva bir nechta sport loyihalariga rahbarlik qilgan. Ular orasida MDH va Boltiqboʻyi davlatlari MOQ yetakchilarining mintaqaviy forumi, Yevropa adolatli sport harakati kongressi, Yoshlar Olimpiya oʻyinlarining yengil atletika boʻyicha Yevropa saralash musobaqasi, „Boku 2014“ Yevropa yengil atletika konvensiyasi, Yevropa Olimpiya qoʻmitasining 43-Bosh assambleyasi va boshqalar bor. Shu bilan birga, Ozarbayjon „Boku 2020“ Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun ariza topshirganida, Konul Nurullayeva Tashkiliy qoʻmitaning ijrochi direktori boʻlgan. 2009—2016-yillarda u Ozarbayjon yengil atletika federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi va Federatsiyaning Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2022-yilda u Jahon alpagut federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylangan.

U 2009-yilda Finlyandiyaning Tampere va 2011-yilda Turkiyaning Trabzon shaharlarida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar Olimpiya festivallarida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, Nurullayeva xonim 2008-yilda Pekin Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbarining yordamchisi va 2012-yilda London Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbarining oʻrinbosari boʻlgan. 2010-yilda u Ozarbayjon sport tarixida 2010-yilda Vankuverda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasining bosh missiya rahbari etib tayinlangan birinchi ayol boʻldi. 2014-yilda Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan keyingi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Konul Nurullayeva xuddi shu vazifani bajardi. 2015-yilda u Ozarbayjonda birinchi marta oʻtkazilgan Boku 2015 Yevropa oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari boʻldi.

Xalqaro vakillik 2013-yilda Islom birdamligi sport federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida Konul Nurullayeva 1963-yildan beri Federatsiyaga saylangan birinchi ayol aʼzo boʻlgan. 2017-yilda boʻlib oʻtgan 4-Islom birdamligi oʻyinlari davomida u Ozarbayjonda Islom birdamligi oʻyinlarini tashkil etish uchun Operatsion qoʻmitada Tashkiliy qoʻmita kotibi, shuningdek, Islom birdamlgi sport federatsiyasi va Milliy Olimpiya qoʻmitalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi etib tayinlangan. 2017-yil 19-noyabrda Islom birdamligi sport federatsiyasi 26-Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida Konul Nurullayeva ikkinchi marta Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan. 2018-yilda u oʻsha yigʻilishda ISSF tarkibida tashkil etilgan „Sportda ayollar va gender tengligi“ qoʻmitasi rahbari etib tayinlangan. Shuningdek, u 2021-yilda Turkiyada boʻlib oʻtadigan „5-Islom birdamligi oʻyinlari“ munosabati bilan ISSF tomonidan tashkil etilgan Muvofiqlashtirish kengashi aʼzosi hisoblanadi.

2020-yildan beri Konul Nurullayeva „Ayollar siyosiy yetakchilari global tarmogʻi“ning mamlakat elchisi va Ozarbayjondan „Bagʻrikenglik va tinchlik boʻyicha global kengash“ tashkilotining birinchi vakili hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar Konul Nurullayeva Olympedia saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar turkum:bokulik siyosatchilar Turkum:Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari Turkum:21-asrda ozarbayjonlik ayol siyosatchilar Turkum:Ozarbayjon Milliy Assambleyasining ayol aʼzolari Turkum:Ozarbayjon Milliy Majlisining 6-chaqiriq aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar