Albaniya Milliy Olimpiya qoʻmitasi (albancha: Komiteti Olimpik Kombëtar Shqiptar, KOKSH) (XOQ kodi: ALB) – notijorat tashkilot boʻlib, Albaniyaning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki boʻyicha huquqiy vakolatga ega organ hisoblanadi. U Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi sifatida mamlakatda Olimpiya oʻyinlari bilan bogʻliq barcha faoliyatni rivojlantirish va boshqarish uchun mas’uldir.
Qoʻmita aʼzolari 46 ta sport federatsiyasidan iborat boʻlib, ular prezident va oʻn nafar aʼzodan tashkil topgan Ijroiya kengashini saylaydi.
Qoʻmita mamlakat poytaxti – Tirana shahrida joylashgan.
Tarixi Albaniya Milliy Olimpiya qoʻmitasi (KOKSH) 1958-yilda tashkil etilgan va bir yil oʻtib Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.
Tashkil etilgan yildan 1989-yilgacha qoʻmita "Albaniya sportchilari umumiy kengashi qoʻmitasi" nomi bilan faoliyat yuritgan va mamlakatdagi barcha sport federatsiyalarini oʻz tarkibiga birlashtirgan.
Albaniyada siyosiy tizim oʻzgargach, 1990-yilda qoʻmita yangi tashkil etilgan Madaniyat, Yoshlar va sport vazirligidan alohida, mustaqil tuzilma sifatida qayta tashkil etilgan. Toʻrt yil oʻtib, 1994-yilda, hukumatning 20-son va 401-son qarorlari bilan u Olimpiya xartiyasiga asoslangan vazifalarga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilot sifatida rasman tasdiqlanganVështrim historik: 85-vjetori i krijimit të Federatës Sportive dhe evoluimi i saj në vite.
Ijroiya qoʻmitasi KOKSH qoʻmitasi quyidagilardan iborat: Prezident: Fidel Ylli Vitse-prezident: Erlind Pëllumbi Aʼzolar: Luiza Gega, Florend Kalivopulli, Enkelejda Caushi, Labo Capo, Endrit Hoxha, Izmir Smajlaj.
Aʼzo federatsiyalar Albaniya milliy federatsiyalari oʻz sport turlarining barcha jihatlarini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlardir. Ular tayyorgarlik, musobaqalar oʻtkazish va sport turlarini rivojlantirish uchun mas’uldirlar.
Hozirda Albaniyada 24 ta yozgi Olimpiya sport federatsiyasi, 2 ta qishki Olimpiya sport federatsiyasi hamda 20 ta Olimpiya dasturiga kirmaydigan sport federatsiyasi mavjud.
Olimpiya sport federatsiyalari Milliy federatsiya Yozgi yoki qishki Qarorgohi Albaniya kamondan otish federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya yengil atletika federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya badminton federatsiyasi Yozgi Korçë Albaniya basketbol assotsiatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya boks federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya kanoe federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya velosport federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya ot sporti federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya qilichbozlik federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya futbol federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya golf federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya gimnastika federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya gandbol federatsiyasi Yozgi Elbasan Albaniya dzyudo federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya karate federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya alpinizm federatsiyasi Qishki Tirana Albaniya yelkanli sport federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya oʻq otish sporti federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya changʻi federatsiyasi Qishki Tirana Albaniya suzish federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya stol tennisi assotsiatsiyasi Yozgi Shkodër Albaniya taekvondo federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya tennis federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya voleybol federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya ogʻir atletika federatsiyasi Yozgi Tirana Albaniya kurash federatsiyasi Yozgi Tirana
Olimpiya dasturiga kirmaydigan sport federatsiyalari Milliy federatsiya Qarorgohi Albaniya havo sporti federatsiyasi Tirana Albaniya radio havaskorlari federatsiyasi Tirana Albaniya avtomobil klubi Tirana Albaniya bodibilding federatsiyasi Tirana Albaniya bouling federatsiyasi Tirana Albaniya brij assotsiatsiyasi Tirana Albaniya shaxmat assotsiatsiyasi Tirana Albaniya raqs sporti federatsiyasi Tirana Albaniya „Sport hamma uchun“ federatsiyasi Tirana Albaniya ov va baliqchilik federatsiyasi Tirana Albaniya kikboksing federatsiyasi Tirana Albaniya aralash jang sanʼati federatsiyasi Tirana Albaniya mototsikl federatsiyasi Tirana Albaniya Paralimpiya qoʻmitasi Tirana Albaniya rafting federatsiyasi Tirana Albaniya maktab sporti federatsiyasi Tirana Albaniya snuker federatsiyasi Tirana Albaniyada Maxsus Olimpiya harakati Tirana Albaniya talabalar sport assotsiatsiyasi Tirana Albaniya suv osti sporti federatsiyasi Tirana Yana qarang Albaniyaning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki Milliy Olimpiya qoʻmitasi Havolalar Rasmiy veb-sayti Manbalar
Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari