Yuzuru Hanyu (羽生 結弦, Hanyū Yuzuru; Hiragana: はにゅう ゆづる; 1994-yil 7-dekabrda tugʻilgan) – Yaponiyalik figurali uchuvchi va muz shoulari prodyuseri. U toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va 2004-yildan 2022-yilgacha erkaklar yakkalik yoʻnalishida musobaqalarda qatnashgan. U yakkaxon yoʻnalishda Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan ilk Osiyolik sportchi hisoblanadi. U ikki karra Jahon chempioni (2014, 2017), olti karra Yaponiya milliy chempioni (2012–2015, 2020–2021) hamda ketma-ket toʻrt marta Grand Prix Final gʻolibi (2013–2016) boʻlgan ilk yakkaxon sportchidir. Hanyu 2003-yilda joriy etilgan ISU Judging Systemdan beri yakkalik yoʻnalishida eng koʻp – 19 marta jahon rekordini yangilagan sportchi hisoblanadi. U xalqaro musobaqalarda toʻrt aylanishli loop sakrashini muvaffaqiyatli bajargan birinchi figurali uchuvchi hamdir.
Hayoti va Karyerasi Yuzuru Hanyu 1994-yil 7-dekabrda Yaponiyaning Sendai shahrida tugʻilgan. Otasi Hidetoshi Hanyu (oʻrta maktab oʻqituvchisi) va onasi Yumi Hanyu (sobiq savdo markazi xodimi), oilada ikkinchi farzand hisoblanadi. Ikki yoshida Hanyuga astma tashxisi qoʻyilgan. Vaqt oʻtishi bilan bu holat asta-sekin yaxshilangan boʻlsa-da, oʻsmirlir davridagi faoliyatida uning chidamliligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
U toʻrt yoshida Ice Rink Sendai (sobiq Konami Sports Club) muz maydonida konkida uchishni boshlagan. Murabbiy Mami Yamada unga opasining mashgʻulotlari paytida bezovta qilmaslik oʻrniga sport bilan shugʻullanishni tavsiya qilgan.
Faoliyatining boshlanishi Hanyu ilk bor 2004–2005 mavsumida musobaqalarda qatnashgan va Japan Championshipsda Novice B toifasida (novislar darajasining quyi toifasi) oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2008–2009 mavsumida u oʻsmirlar (junior) darajasiga koʻtarilib, xalqaro maydondagi debyutini ISU Junior Grand Prix doirasida Italiyada oʻtkazilgan Merano Cup musobaqasida amalga oshirgan va beshinchi oʻrinni egallagan. Shu mavsumning oʻzida u Japan Junior Championshipsda oltin medalni qoʻlga kiritib, 13 yoshida ushbu musobaqada gʻolib chiqqan eng yosh erkak figurali uchuvchiga aylangan.
2013–14 mavsum: Birinchi Olimpiada va jahon chempionligi
Ilk Olimpiada mavsumida Hanyu qisqa dastur sifatida „Parisienne Walkways“ni ijro etdi. Erkin dastur uchun esa Nino Rotaning Romeo va Juliet asaridan musiqani tanladi. Bu erkin dastur David Wilson tomonidan xoreografiyalashtirilgan. U mavsumni 2013-yilgi Finlandia Trophy musobaqasida gʻalaba bilan boshladi hamda 2013 Skate Canada va Trophée Éric Bompard bosqichlarida kumush medalni qoʻlga kiritib, 2013–2014 Grand Prix Final yoʻllanmasini oldi.
Finalda u qisqa dasturda 99.84 ball bilan yangi jahon rekordini oʻrnatdi va umumiy hisobda Patrick Chan (kumush) hamda Nobunari Oda (bronza)dan oldinda birinchi oʻrinni egallab, kattalar oʻrtasidagi ilk yirik xalqaro unvonini qoʻlga kiritdiISU progression of menʼs highest historical scores. International Skating Union. Lausanne (March 24, 2018). Statistics by competition segment: Combined total. Archived August 15, 2018. Short program. Archived August 15, 2018. Free skating. Archived August 15, 2018.. Japan Championships musobaqasida Hanyu ikkinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi va 2014-yil Qishki Olimpiada oʻyinlari hamda World Championships uchun Yaponiya terma jamoasiga tanlandi.
Qishki Olimpiada musobaqasining Sochi shahrida oʻtgan bahslarida u figurali uchish boʻyicha jamoaviy bahsning erkaklar qisqa dasturida ishtirok etib, Yaponiya jamoasi uchun 10 ochko olib berdi. Yakkalik bahsida esa u oʻzining jahon rekordini yangilab, qisqa dasturda 101.45 ball toʻplab 100 balldan oshgan birinchi figurali uchuvchiga aylandi. Erkin dasturda ikki marta yiqilganiga qaramay, umumiy 280.09 ball bilan yangi Olimpiada rekordini oʻrnatib, musobaqada gʻalaba qozondi. U Patrick Chan (kumush) va Denis Ten (bronza)dan oldinda yakunladi.
Bu gʻalaba bilan Hanyu 1948-yildan beri, yaʼni amerikalik Dick Buttondan soʻng eng yosh Olimpiada oltin medali sovrindoriga aylandi. Shuningdek, u erkaklar yakkalik bahsida Olimpiada chempioni boʻlgan ilk osiyolik sportchi va figurali uchish boʻyicha Yaponiya uchun ikkinchi Olimpiada chempioni boʻldi (birinchisi – 2006-yil Turinda ayollar bahsida gʻalaba qozongan Shizuka Arakawa).
Hanyu mavsumni Yaponiyaning Saitama shahrida oʻtgan World Championships musobaqasidagi gʻalaba bilan yakunladi. U vatandoshi Tatsuki Machidani 0.33 ball farq bilan magʻlub etdi va 2002–2001-yilgi mavsumdan beri (rossiyalik Alexei Yagudindan soʻng) bir mavsumning oʻzida Olimpiada, jahon chempionati va Grand Prix Finalda gʻalaba qozongan birinchi figurali uchuvchiga aylandi.
Manbalar
Turkum:Yaponiya sportchilari