Elmar Gasimov (1990-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – 100 kg vazn toifasida kurashadigan ozarbayjonlik dzyudochi. U 2012 va 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va 2016-yilda kumush medalni qoʻlga kiritganElmar Gasimov. JudoInside.com. U shuningdek 201-yilgi Jahon Chempionatida ham bronza medalni va 2014-yilda kumush medalni va 2 ta bronza medalni (2012 – 2019) Dzyudo bo'yicha Yevropa Chempionatida qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, u 2009-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida finalda Lukash Krpalekni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 2014-yilgi Yevropa chempionati va 2016-yilgi Olimpiada finallarida Krpalekga yutqazib qoʻygan edi.

Gasimov 2019-yilgi jahon chempionatida bronza medali uchun bahsda Aaron Wolfga 33 soniya qolganida yutqazib, ikkinchi bronza medalini qoʻldan boy berdi. U 1999-yilda dzyudo bilan shugʻullana boshlagan.

Biografiya Elmar Gasimov 1990-yil 2-noyabrda Ozarbayjonning Xirdalan shahrida tugʻilgan. Elmar Gasimov 2000-yildan beri sport bilan shugʻullanib keladi.

Karyerasi

Elmar Gasimov 2007-yilda birinchi muvaffaqiyatga erishdi. U U-20 Ozarbayjon chempionatida kumush, U-23 Ozarbayjon chempionatida uchinchi oʻrinni egallab bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2008-yilda u xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi. Elmar Gasimov U-20 Jahon chempionatida 7-oʻrinni egalladi. Oradan 1 yil oʻtib, 2009 yilda Elmar Gasimov Ozarbayjonda mashhur sportchi boʻlib tanildi. Armaniston poytaxti Yerevanda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi, Yerevanda uning sharafiga Ozarbayjon Davlat madhiyasi yangradi.

Elmar Gasimov 2015-yilda Tbilisi va Samsun Gran-prisida oltin, Sindao, Jeju va Tokio Gran-prisida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u 1-Yevropa oʻyinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan. Ushbu musobaqalarning ochilish marosimida Gasimov Ozarbayjon bayroqdori boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Elmar Xalqaro dzyudo federatsiyasida Gasimov JudoInside.com da Gasimov Olympics.com Gasimov Boku 2015 Yevropa o'yinlarida Elmar Instagram sahifasi

Turkum:Dzyudo boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari