2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari doirasida ayollar oʻrtasida 500 metrga konkida yugurish sporti musobaqasi 15-fevral kuni Milan shahridagi Fiera Milanoda boʻlib oʻtdi. Ushbu yoʻnalishda niderlandiyalik sportchi Femke Kok gʻolib boʻldi va yangi Olimpiya rekordini oʻrnatdi. Bu uning ikkinchi Olimpiya medali va ilk oltin medali boʻldi. Uning jamoadoshi Jutta Leerdam kumush medalni qoʻlga kiritdi, Yaponiya vakili Mixo Takagi esa bronza medaliga sazovor boʻldi.
Tarixi 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Erin Jackson va kumush medal sohibasi Mixo Takagi musobaqa yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bronza medali sohibasi Anjelina Golikova esa Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli xalqaro musobaqalardan chetlatildi. Olimpiada oʻyinlaridan avval Femke Kok 2025–2026 ISU konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogining 500 metr bahslarida umumiy reytingida yetakchilik qilayotgan edi. U, shuningdek, 500 metr masofadaga konkida yugurish boʻyicha 2025-yilgi jahon chempioni ham edi.
Umumiy maʼlumot 4-juftlikda Takagi 37.27 natija bilan dastlabki yetakchiga aylandi. Uning koʻrsatkichi 12-juftlikda Leerdam tomonidan yaxshilandi. Bu paytda Serena Pergher 3-oʻrinda turgan edi. Ushbu uchlik 15-juftlikka qadar saqlanib qoldi. Oxirgi juftlikda Kok yangi Olimpiada rekordini qayd etib va Pergherni shohsupadan siqib chiqardi. Amaldagi chempion Jackson ham 15-juftlikda uchdi va beshinchi oʻrinni egalladi.
Rekordlar Musobaqa davomida quyidagi rekordlar oʻrnatildi:
Sana Raund Sportchi Mamlakat Vaqt Rekord 15-fevral 15-juftlik Femke Kok 36.49 OR, TR
Natijalar Reyting Juftlik Yoʻlak Ism Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 15 O Femke Kok 36.49 OR 12 I Jutta Leerdam 37.15 +0.66 4 O Mixo Takagi 37.27 +0.78 4 10 O Serena Pergher 37.30 +0.81 5 15 I Erin Jackson 37.32 +0.83 6 13 O Kaja Ziomek-Nogal 37.39 +0.90 7 9 O Béatrice Lamarche 37.53 +1.04 8 12 O Sophie Warmuth 37.75 +1.26 9 7 O Rio Yamada 37.78 +1.29 10 13 I Lee Na-hyun 37.86 +1.37 11 8 O Andżelika Wójcik 37.914 +1.42 11 11 O Chen Ying-chu 37.914 +1.42 13 14 O Yukino Yoshida 37.98 +1.49 14 10 I Kim Min-sun 38.010 +1.52 15 14 I Anna Boersma 38.013 +1.52 16 8 I Tian Ruining 38.14 +1.65 17 11 I Martyna Baran 38.15 +1.66 18 9 I Kristina Silaeva 38.33 +1.84 19 5 I Brooklyn McDougall 38.36 +1.87 20 6 I Julie Nistad Samsonsen 38.37 +1.88 21 7 I Carolina Hiller 38.38 +1.89 22 4 I Wang Jingziqian 38.57 +2.08 23 5 O Fran Vanhoutte 38.63 +2.14 24 3 I Maybritt Vigl 38.66 +2.17 25 1 I Ellia Smeding 38.93 +2.44 26 2 I Nikola Zdráhalová 39.00 +2.51 27 6 O Anna Ostlender 39.02 +2.53 28 2 O Sarah Warren 39.19 +2.70 29 3 O Arina Ilyachshenko 39.38 +2.89
Manbalar
Turkum:Ayollar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida