San-Marino AQShning Yuta shtati Salt Lake shahrida boʻlib oʻtgan 2002-yil Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiya oʻyinlaridagi oltinchi ishtiroki edi. Delegatsiya bir nafar togʻ changʻichisi Gian Matteo Giordanidan iborat edi.
Tarixi San-Marino Olimpiya oʻyinlaridagi debyutini 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida amalga oshirgan. Mamlakatning qishki olimpida oʻyinlaridagi ilk ishtiroki esa 1976-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga toʻgʻri keladi.
1980 va 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan tashqari San-Marino barcha Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda. 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari esa mamlakat tarixidagi oltinchisi boʻldi.
San-Marino delegatsiyasi bir nafar togʻ changʻichisi Gian Matteo Giordanidandan iborat edi. U ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdorlik vazifasini bajargan.
Togʻ changʻi sporti Gian Matteo Giordani 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari vaqtida 17 yoshda edi. U giant slalom musobaqasida birinchi urinishni 73-oʻrin, ikkinchi urinishni esa 57-oʻrinda yakunladi. Giordani umumiy 2:48.31 vaqt natijani qayd etib, masofani yakunlagan 57 sportchi orasida soʻnggi oʻrinni egalladi. SportchiMusobaqa1-urinish2-urinishUmumiyVaqtVaqtVaqtOʻrinGian Matteo GiordaniGiant slalom1:25.021:23.292:48.3157
Manbalar
Turkum:2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar