Carosello — 1957-yildan 1977-yilgacha RAI telekanalida efirga uzatilgan Italiya televizion reklama ko‘rsatuvi.
Tarixi Dastlab, Italiya teleeshittirish tashkilotlarining yagona daromad manbai obuna to‘lovlari edi, biroq bu miqdor juda kam bo‘lgan. RAI telekanali teleefir jadvalida reklama uchun alohida joy ajratish g‘oyasini allaqachon o‘ylab ko‘rgan edi. RAI reklama mazmunini tomoshabinlarga ko‘ngilochar dasturlar va shoular orqali taqdim etishning o‘ziga xos, innovatsion va qiziqarli usulini izlayotgan edi. Shundan so‘ng odamlarning e’tiborini tortadigan, nisbatan uzoq (o‘rtacha uch daqiqa) davom etadigan kulgili sahna ko‘rinishlari, komik chiqishlar va sketchlardan iborat qisqa lavhalar yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Manbalar