Veli posho masjidi (, ), joylashuviga koʻra Mastaba masjidi () nomi bilan ham tanilgan, janubiy Gretsiyaning Krit orolidagi Retimnon shahrida joylashgan sobiq masjiddir. Dastlab XVII asr oʻrtalarida, Usmonlilar davrida, Retimnonning qulashidan koʻp oʻtmay qurilgan. Masjid 1910-yillarda oʻz holiga tashlab qoʻyilgan va 2008-yildan buyon Retimnon paleontologiya muzeyi () sifatida qayta qurilgan boʻlib, u Krit oroli uchun paleontologiyaga oid tarix muzeyi hisoblanadi va Gulandrising Tabiiy tarix muzeyi tomonidan boshqariladi.

Tarixi Veli posho masjidi devorlar tashqarisida G‘oziy Husayn posho tarafdorlaridan biri tomonidan Avliyo Onufriyga bagʻishlangan qadimgi xristian cherkovi oʻrnida qurilgan. U 1646-yilda usmonlilar tomonidan Retimnonning bosib olinishi bilan bogʻliq, usmonli qoʻshinlari harbiy lager tiklagan joyda shahar musulmon jamoasi keyinchalik Veli posho masjidini, 1651-yillar atrofida, bunyod etgan. Masjid haqidagi eng qadimgi qayd 1657-yilga, Retimnonning mahalliy hokimi hisobotiga taalluqlidir.

U Ikkinchi jahon urushi davrida bombardimon oqibatida qattiq zarar koʻrgan. Yodgorlik keyinchalik 2010-yillarning boshida restavratsiya qilingan va hozir Retimnon paleontologiya muzeyi shu yerda joylashgan. U Yunoniston Madaniyat va sport vazirligi qarori bilan Gulandrising Tabiiy tarix muzeyi tasarrufiga berilgan va 2008-yilda omma uchun ochib qʻyilgan.

Meʼmorchilik Veli posho masjidining tomi olti kichik gumbazdan iborat boʻlib, old qismida uchta yirikroq gumbaz bilan yopilgan ayvon mavjud; jami toʻqqiz gumbazdan iborat. Uning eski majmuasiga, shuningdek, oʻn uchta hujra, tekke va darveshlar yigʻilishi uchun muassasa ham kirgan, oʻsha yillarda ular qoʻshinlarga ergashib yurishgan va shahar hamda qishloq musulmonlarining ijtimoiylashuvida muhim rol oʻynashgan.

Baland va but saqlangan minorasidagi yozuvga koʻra, inshoot hijriy 1204-yilda (milodiy 1789/1790-yilda) qurilgan, bu esa uni Retimnonda saqlanib qolgan eng qadimgi minora ekanligini isbotlaydi. Yozuvda, shuningdek, „Xudo uni barakali qilsin! Parvardigorga sharaf va shukronalar… Azon eshitilishi va Xudoning rahmati uchun biz ehson qildik va minorani taʼmirlab yangiladik“, degan soʻzlar ham mavjud.

Bogʻning sharqida yarim yerosti yopiq favvora joylashgan. Usmonli sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, 1670-yilda hovli Arabiston sahrosidagi afsonaviy yer jannatiga oʻxshagan, chunki bogʻda juda koʻp oʻsimliklar va butalar oʻsgan.

Yana qarang

Gretsiyada Islom Usmoniylar davrida Gretsiya Gretsiyadagi sobiq masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Usmoniylar imperiyasida 17-asrda tashkil etilgan masjidlar Turkum:Gretsiyadagi 17-asr masjidlari Turkum:Retimnondagi bino va inshootlar Turkum:Gretsiyadagi sobiq masjidlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi davrida Makedoniya Turkum:Gretsiyadagi gumbazli masjid binolari Turkum:Gretsiyadagi usmoniylar masjidlari