Shoh masjidi (; ), Sultoniy masjidi () nomi bilan ham tanilgan boʻlib, 1979-yilgi Eron inqilobidan soʻng ayrim hollarda Imom masjidi () nomi bilan ham ataladi, Eronning Tehron shahridagi Katta bozorning shimoliy qismida joylashgan masjiddir.

Masjid 1984-yil 23-sentyabrda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, u Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.

Tuzilishi Masjid Qojarlar davlati ikkinchi shohi Fath Ali Shoh Qojar buyrugʻi bilan yangi Qojarlar sulolasining qonuniyligini ifodalovchi bir necha ramzlardan biri sifatida bunyod etilgan. Qurilish yakunlangan paytda masjid Tehrondagi eng muhim meʼmoriy yodgorlik deb hisoblangan. Masjid loyihasi Ali Akbar Isfahoniy tomonidan ishlab chiqilgan

Nosiriddinshoh Qojar hukmronligi davrida inshootga hozirgi ikki minora qoʻshib qurilgan. Masjid tepasida kichik, zarhal gumbaz bor. Masjidda, shuningdek, ikkita shabiston ham mavjud.

Hovliga Katta bozorning bir nechta qismidan kirish mumkin. Shoh masjidi Sherozdagi Vakil masjidi va Borujerddagi Sultoniy masjidi oʻrtasida ayrim muhim meʼmoriy oʻxshashliklar mavjud

Masjid 18 million dona gʻisht va 475 000 dona koshin bilan bezatilgan.

Galereya

Yana qarang

Eronda islom Erondagi masjidlar roʻyxati

Izohlar

Manbalar

Turkum:19-asr Erondagi masjidlar Turkum:Eronda gumbazli masjidlar Turkum:Eronda minorali masjidlar Turkum:Tehrondagi masjidlar